Bog’chada 6 yoshli qizaloq vafot etdi

Qayd etilishicha, Yangiobod tumanidagi 2 son DMTTida 2021-yil 30-iyun kuni 2015-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan 6 yoshli tarbiyalanuvchi DMTT ga yaxshi holatda kelgan.
Shifokor tomonidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng tarbiyachi va yordamchi tarbiyachi tarbiyalanuvchini qabul qilib olgan. Tushlikdan soʻng tarbiyachilar tomonidan bolalarga sogʻlomlashtiruvchi badantarbiya mashgʻulotlari oʻtilib, bolalar uyquga yotqizilgan.
Shu kuni taxminan 14:30lar atrofida yordamchi tarbiyachi tomonidan bolalar uyqudan uygʻotilganda tarbiyalanuvchining bezovtalanayotgani yaʼni, burni qonayotgani maʼlum boʻladi tarbiyachi shu zahotiyoq tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Va bu haqda tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga xabar berilgan.
Holat yuzasidan Yangiobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilgan boʻlib, tarbiyalanuvchining vafoti yuzasidan toʻplangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 83-moddasi 2-qismi bilan Jinoyat ishi qoʻzgʻatilish rad etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

18 yoshli bola oʻzini osib qoʻydi

Samarqandda bog‘cha bolasining tarbiyachi tomonidan kaltaklanganligini prokuratura o‘rganmoqda

Samarqanddagi bog’chada 1yoshli bola kaltaklangani rostmi ?

Bogʻchalardan birida koronavirus aniqlandi

Shifokorni do’pposlagan aka-ukalar qo’lga olindi

Hindistonda qanday qilib haqiqiy “suv parisi” tugʻildi?
Izohlar (0)