“Hali xursand emasman!” - Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekistonda 5 yil oldin oliy taʼlimga qamrov 9 foiz edi, hozir bu koʻrsatkich 29 foizga chiqdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtayotgan tadbirda maʼlum qildi.
“5 yil oldin oliy taʼlim bilan qamrovimiz 9 foiz edi, hozir 29 foizga chiqdik. Shundan xursandmisiz, desangiz aytaman – yoʻq, hali xursand emasman. 50 foizgacha chiqarsak koʻnglim toʻladi. Olimlari, xalqi bilimli boʻlgan davlat baribir kuchli boʻladi. Men bunga ishonaman. Taʼlim va yana taʼlim, deb bekorga aytmayman. Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini ham bejiz yoʻlga qoʻymadik.
Navoiyda koʻrdingiz, bilimli odam bemalol oʻz yoʻlini topyapti. Ikki yil avval Marhamatda IT-Park ochganimizda koʻpchilik kulgandi. Hozir oʻsha parkdagi yigit-qizlar oyiga 3-4 ming dollargacha maosh olishyapti.
Yaqinda tadbirkorlar bilan uchrashdim. Shunda koʻrdingiz, bir yigit agar imkoniyati bersangiz 100 ming kishini IT sohasida ish bilan taʼminlayman, dedi. Umuman tadbirkorlardan 15 mingdan ortiq taklif tushdi, imkon qadar oʻzim oʻrganib chiqdim. 70 foizi adolatli gaplar. Endi ularning yechimi ustida ishlaymiz”, dedi davlat rahbari rasmiy nutq boshlanishi oldidan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Shavkat Mirziyoyev: “jurnalistlar mening quroldoshlarim”
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
O’zLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya qildi
“Hech qayerni yopmaymiz", - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi
Izohlar (0)