Oʻsimlik moyiga boʻlgan yillik ehtiyoji maʻlum qilindi
Oʻzbekiston aholisining oʻsimlik moyiga boʻlgan yillik ehtiyoji 483 ming tonnani tashkil etadi. Bu haqda “Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi xabar berdi.
Oʻsimlik moyiga boʻlgan yillik ehtiyoji qanchaligi maʻlum boʻldi.
Qayd etilishicha, mazkur ehtiyojning 251 ming tonnasi mahalliy xomashyo, 45 ming tonnasi import xom ashyosi hisobiga qoplanadi. Shuningdek, yiliga oʻrtacha 187 ming tonna import qilingan tayyor oʻsimlik moyi aholi isteʻmoli uchun yoʻnaltiriladi.
Taʻkidlanishicha, respublikada isteʻmol qilinayotgan oʻsimlik moyining 230 ming tonnasini kungaboqar moyi, 203 ming tonnasini paxta moyi, 48 ming tonnasini zigʻir, palma, maxsar, zaytun va boshqa moylar tashkil etadi.
Maʻlumot uchun, mamlakatda 500 dan ortiq yirik va kichik yogʻ-moy korxonasi mavjud boʻlib, shundan 300 tasi sanoat korxonasi, 200dan ortigʻi kichik korxona hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)