Irrigatsiya instituti universitetga aylantirildi
Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–42-son, 10.12.2021-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti etib nomlandi.
Universitetda gidroenergetika, irrigatsiya, kadastr va geoinformatika sohalari uchun muhandis kadrlar tayyorlanadi.
Qaror bilan Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv kengashi tasdiqlandi.
Kengash Universitetda yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochishi mumkin.
Universitetda Transformatsiya ofisi tashkil etilib unga 2025-yilgacha Universitetni xalqaro 1000 talik roʻyxatga kiritish vazifasi yuklatildi.
Universitet 2022/2023 oʻquv yilidan mustaqil ravishda oʻquv rejalarini tasdiqlaydi, ilmiy kengashlar tuzadi, tijorat va notijorat tashkilotlar tashkil etadi.
Universitet 2022-yil 1-yanvardan oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtadi.
Shuningdek qaror bilan, 2025-yilgacha Universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturi va uning xalqaro nufuzini oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi.
Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:
Universitet huzurida Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti;
Universitetning Buxoro filiali negizida Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti;
Universitetning Qarshi filiali negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Universitet faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)