Noqonuniy daraxt kesish holatini aniqlaganlarga pul toʻlanadi
“Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan daraxtlar kesilishiga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi.
Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda huquqbuzarlarga: moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga; daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlantirish bilan oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi; moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pogʻona pasaytiriladi.
Huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat boʻyicha huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravariga teng miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi xabarlar “102” tezkor qisqa raqami yoki “Ekonazorat” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Koʻkalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus koʻrsatgan shaxslarni “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash amaliyoti joriy etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)