Hafta oxirida O‘zbekistonda ob-havo o’zgaradi
Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan salqin havo massasi ta’siri saqlanib turadi. Kunduz kungi havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.
11-13 yanvar kunlari respublika hududlari bo‘yicha asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 13 yanvarda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir, baland tog‘li hududlarda qor yog‘adi.
Respublika hududidan sovuq havo massasi asta-sekin chekinadi va hafta o‘rtasiga kelib, havo harorati kechalari 3-6° iliqqacha, kunduz kunlari 9-12° iliqqacha ko‘tariladi.
14 yanvarda O‘zbekston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nisbatan nam, ammo iliq havo massasi kirib keladi. Respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim tumanlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati yana 2-4° ga ko‘tariladi va qish faslining o‘rtasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 3-5° ga yuqori bo‘ladi.
Respublikaning ayrim hududlarida ba’zi joylarda tuman kuzatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)