Ehtiyotsizlik oqibatida baxtsiz hodisa
“Afrosiyob” tezyurar poyezdi 2 nafar voyaga yetmaganni urib yubordi
Ma᾽lum qilinishicha, voqea poyezd Toshkent – Samarqand yoʻnalishida soatiga 190 kilometr tezlikda Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani hududidan oʻtgan temir yoʻlning 3652- kilometrida harakatlanayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
2007-yilda tugʻilgan jabrlanuvchilardan biri shifoxonada koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan hayotdan koʻz yumgan, boshqasi jonlantirish boʻlimida.
Mazkur hodisa Marjonbuloq shaharchasidagi 73- sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida Gʻoʻbdin, Yangidala, Oʻzbek oltini, Marjonbuloq, Geologlar, Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, profilaktika inspektorlari, oʻqituvchilar hamda aholi ishtirokida muhokama qilindi. Tadbirda Jizzax viloyati IIB transportda xavfsizlikni taʼminlash boʻlimi, viloyat IIB faxriylar kengashi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullari tomonidan temir yoʻllarni faqat belgilangan joylardan kesib oʻtish va xavfsizlik qoidalariga amal qilish, temir yoʻllar tevaragida chorva mollari boqmaslik, temir izlar muhofaza hududiga kirmaslik, infratuzilma obyektlariga shikast yetkazmaslik, shuningdek talon-toroj qilmaslik yuzasidan fikrlar bildirildi.
Temir yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan targʻibotni kuchaytirish, ota-onalar va jamoatchilikning voyaga yetmaganlar ustidan nazoratini oshirish, temir yoʻllarga yondosh aholi punktlarida yashovchi fuqarolar, maktab oʻquvchilari va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish masalalari ham eʼtiborda boʻldi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga tosh otgan bezori aniqlandi
“Cobalt”velosipedchini urib yubordi
Tezlikni oshirgan “Tico” haydovchisi 4 yoshli qizaloqning o’limiga sabab bo’ldi
Toshkent — Shahrisabz poyezdi yoʻnalishi oʻzgardi
Samarqandda avtobus ag’darilib ketishi natijasida 2 kishi halok bo’ldi
YTH oqibatida 2 nafar yoʻlovchi halok boʻldi
Izohlar (0)