YTH oqibatida 2 nafar yoʻlovchi halok boʻldi
Jizzax viloyati Forish tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida navoiylik ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Maʻlum bo‘lishicha, joriy yil 16-oktabr kuni soat 19:05 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-36 Jizzax — Forish — Qizilcha avtomobil yo‘lining Forish tumani Do‘stlik mahallasi hududidan o‘tgan 111-kilometrida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Nurota tumanida yashovchi "Sintob" mahallasida yashovchi haydovchi “Nexia-3” mashinasini Forish — Nurota yo‘nalishida boshqarib ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada mashina yo‘lning chap tomoniga ag‘darilib ketgan.
Taʻkidlanishicha, mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2001 va 2003-yillarda tug‘ilgan, Nurota tumani “Sintob” mahallasida yashovchi fuqarolar og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Forish tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)