Ob-havo: dam olish kunlarida
Dam olish kunlarida kuchli shamol va yomg‘irlar kuzatiladi. “O‘zgidromet” dam olish kunlarida ob-havoning yomonlashishi haqida ma’lum qilgan.
Batafsil.uz xabar berishicha, “O‘zgidromet” dam olish kunlarida ob-havoning yomonlashishi haqida ma’lum qilgan.
19-20-martda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi”, - deya ta’qidlashmoqda sinoptiklar.
18-20-mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamolning 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 18-19-martda esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
20-martda respublika hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati 20-martda kechasi va kunduzi 10-15° iliqni tashkil etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)