Kuchli qor yogʻishi tufayli transport harakati toʻxtatildi
7-fevral kuni Germaniya hukumati kuchli qor yogʻishi tufayli Niderlandiya bilan oʻta tezyurar Intercity poyezdlar qatnovini bekor qilishga majbur boʻldi, deb yozadi “RBK”.
Poyezdlar harakatini toʻxtatishdan tashqari, qor yogʻishi yana bir qancha hodisalarga ham sababchi boʻldi. Shimoliy Reyn-Vestfaliya shtatining oʻzida noqulay ob-havo tufayli 222 ta yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Ularda 28 kishi jabrlandi. OAVlarga koʻra, hodisalar oqibatida yetgan zarar taxminan 1 million yevroga baholanmoqda.
Bundesliga musobaqalari bekor qilindi
Noqulay ob-havo 7-fevral, yakshanba kuni oʻtkazilishi kerak boʻlgan Bundesliga va Ikkinchi Bundesliganing bir qator musobaqalari bekor qilinishiga ham sababchi boʻldi.
Transport harakati qayta tiklanishi aniq emas
Kuchli qor yogʻishi va qor boʻronlari 7-fevral kuni Niderlandiyada ham transport harakatini toʻxtatib qoʻydi: aeroportlarda reyslar bekor qilindi, poyezdlar harakati toʻxtadi, jamoat transporti harakatida jiddiy muammolar kuzatilmoqda. Transport harakati qachon qayta tiklanishi aniq emas.
Shamolning tezligi soatiga 90 kilometr
Niderlandiya meteorologiya xizmati xabar berishicha, 7-fevralga oʻtar kechasi yogʻgan kuchli qor oʻn yil ichida birinchi marta kuzatilgan. Soʻnggi marta bunday holat 2010-yil yanvarida kuzatilgan. Meteoxizmat butun mamlakat hududida qizil – tashvishli xabarni eʼlon qildi. Maʼlum qilinishicha, qahratonda shamol tezligi soatiga 90 kilometrga yetishi mumkin.
Niderlandiya hududining katta qismida 5—10 sm, baʼzi joylarda esa 30 sm qalinlikda qor yogʻgan. NS temir yoʻl operatorining xabar qilishicha, Niderlandiyada poyezdlar kamida 8-fevral, dushanba kuni tushgacha bekor qilingan.
Ayni paytda sovuq front Buyuk Britaniyaga qarab yoʻl olmoqda, mamlakat noqulay ob-havoga tayyorlanmoqda, deb xabar beradi daryo.uz.
Foto: Global Look Press
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda 2020-yilda yoʻl va koʻprik qurilishi sohasida sodir etilgan jinoyatlar soni haqida maʼlumot berildi
Yevropada davom etayotgan tabiat injiqliklari
TOSHKENTDA YUK MASHINALARINING HARAKAT VAQTI CHEKLANADI
“Yangi-Angren” IESda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi
Yaponiya: qorli manzaralaridan fotosuratlar
NAVOIY VILOYATIDAGI MAHALLIY HOKIMLIKLAR AYRIM QARORLARI BEKOR QILINAYOTGANLIGINING ASOSIY SABABI OCHIQLANDI
Izohlar (0)