Tugʻilajak bolaning jinsini oldindan rejalashtirish mumkinmi?

SSV Matbuot xizmati savollariga Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Shaxnoza Zufarova javob berdi.
— Xalqimiz bolajon, baʼzi oilalar esa oʻgʻil yoki qiz tugʻilmaguncha ketma-ket farzand koʻrishga ham tayyor. Bu vaziyatni qanday izohlaysiz, bu ayol salomatligi uchun qanchalik zararli?
— Sogʻlom bola dunyoga kelishi uchun, albatta, ona ham sogʻlom boʻlishi shart. Shuning uchun biz, shifokorlar tugʻruqlar oraligʻiga eʼtibor berilishi haqida qaygʻuramiz.
Chunki hali avvalgi tugʻruqdan keyin oʻzini tiklashga ulgurmagan bachadonda tugʻilajak bolaning sogʻlom rivojlanishi uchun sharoit yetarli boʻlmaydi. Bu esa homilaning oʻz-oʻzidan tushishi, vaqtidan oldingi tugʻruqqa olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, ogʻir toksikozlar, kamqonlik, surunkali kasalliklarning avj olishi kabi noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Homiladorlik va tugʻruq vaqtida qon ketish, sepsis, eklampsiya kabi holatlar rivojlanishi natijasida homilador ayolni nogironlikka, hatto, nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin.
— Umuman zamonaviy tibbiyotda tugʻilajak bolaning jinsini oldindan rejalashtirish tajribasi qay tarzda rivojlanmoqda va bu qanchalik oʻzini oqlamoqda?
— Farzand jinsini rejalashtirish mavzusi doim qiziqishlarga sabab boʻlib kelgan. Boʻlajak ota-onalarning baʼzilari oilasida oʻgʻil dunyoga kelishini istasa, boshqasi qiz tugʻilishini intiqlik bilan kutadi.
Tibbiyot nuqtayi nazaridan va ilmiy tilda tushuntirganda, farzandning jinsi erkak kishiga, aniqrogʻi, tuxum hujayrani aynan qanday spermatozoid urugʻlantirishiga bogʻliq. Ayol tuxum hujayrasida jins uchun javob beruvchi xromosoma doim bitta — X xromosoma boʻladi. Erkak spermatozoidi esa X yoki Y xromosomaga ega boʻlishi mumkin. Agar tuxum hujayra X xromosomali spermatozoid bilan urugʻlantirilsa, qiz, Y xromosomali spermatozoid bilan urugʻlantirilsa, oʻgʻil dunyoga keladi. Demak, bolaning jinsi yuz foiz homilador boʻlish vaqtidagi vaziyat zayliga bogʻliq, deyish mumkin.
Xalq orasida rejalashtirishning bir necha usullari mavjud: parhez usuli, qon yangilanishi usuli, taqvim usullari mavjud. Lekin, zamonaviy tibbiyot va ilmiy jihatdan isbotlanmagan va dalillar yetarli darajada emas.
Shunday ekan, farzand oʻgʻil boʻladimi yoki qiz, u Alloh tomonidan inʼom etilgan neʼmatlarning eng ulugʻlaridan biri.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)