JANNATIM-ONAM
Jannat o‘zi nima u?,
So‘rab ko‘rdim buvimdan
Taʼrifini eshitdim,
U joy oldi, ko‘nglimdan.
Shunday go‘zal Jannat ham,
Onadan so‘ng, turarmish
Onani rozi qilgan,
Jannatlarda yurarmish .
Nasihat qiladilar,
Buvim ushlab yuzimni.
“ - Hech onangni ranjitma,
Hozir ochgin ko‘zingni!
- Seni qancha zoriqib,
Kutganini bilaman.
Hatto, qolgan og‘rinib,
Eslab ko‘nglim tilaman.”
Onam chekkan, azoblar
Bir-bir o‘tdi, ko‘zimdan
Kecha, sal arazlovdim,
Xafa bo‘ldim, o‘zimdan.
Bir marta aytsa, yumush,
Shoshmay turing, debman-da,
Shirin ovqatga, bir bor
Rahmat deb, yemabmanda.
Hozir ham, ancha betob.
Lekin, yuzi kuladi.
Qanchalik, og‘rinsa ham,
Bizlarni deb, turadi.
Xafa qilsak ko‘nglini
Hech arazlab yurmabdi.
Ukam bilan shovqin qilsak,
Biror marta urmabdi.
Farishta ekan, onam
Bugun so‘rayman, uzr
Bir farzand bo‘lay endi,
Ko‘rib qilsinlar, huzur.
Ko‘zlarinining nurlari,
Men deb ketgan, bilaman.
Endi, nasihat qilsa,
Quloqchamga ilaman!
Albatta, o‘zgaraman!
Shundayin, yuramanmi?!
Endi aytingchi, do‘stlar,
Jannatga kiramanmi?
Bonu IBRAGIMOVA,