O‘G‘IRLIK TUFAYLI U BIR QATOR BAXTSIZLIKLARNI BOSHDAN KECHIRGAN
Bir ayol Rim muzeyidan qadimiy marmar parchasini o‘g‘irlab ketgan, ammo uch yildan so‘ng uni qaytarib olib kelgan.
U o‘ziga tegishli bo‘lmagan narsalarni olganidan juda afsuslanadi.
Qo‘shma Shtatlardan bir ayol Rim Milliy muzeyiga uch yil oldin o‘g‘irlagan qadimiy marmar parchasini qaytarib berdi. Bu haqida The Guardian yozadi:
U uzr xati ilova qilingan paketni yubordi. Xabarda aytilishicha, uning ismi Jess edi va u qilgan ishidan juda afsuslandi. Ayol marmarni qaytarib berayotganini aytdi:
«Men ushbu buyumni nafaqat kerakli joyidan o‘g‘irlabgina qolmay, balki unga yozuv qoldirganim uchun ham o‘zimni dahshatli his qilyapman. Bu men tomonimdan katta xato edi va men voyaga yetganimdan keyin bu qanchalar mulohazasiz va jirkanch ekanligini angladim»,- dedi u.
Marmar parchasidagi bu yozuv chindan ham diqqatga sazovor edi: “Semga muhabbat bilan, Jess. Rim, 2017”. Jess maktubida toshdan yozuvni o‘chirishga harakat qilganini aytdi, ammo undan hech narsa chiqmadi.
Jess bu marmar parchasini aynan qayerdan olgani nomaʼlum, ammo u bir vaqtlar Rim imperiyasining siyosiy yuragi bo‘lgan Forumdan olib chiqqan deb ishoniladi. Muzeyning aytishicha, paket ularga Jorjia shtatining Atlanta shahridan yuborilgan.
Oktabr oyida Kanadalik Nikol ismli ayol sayyohlik agentligining ofisiga 15 yil oldin Pompeydan o‘g‘irlagan ikkita mozaik plitka, amfora elementlari va sopol buyumlari jamlangan paket yubordi. Shular bilan birgalikda u o‘z aybiga iqror bo‘lgan maktub ham qoldirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha o‘g‘irlik tufayli u bir qator baxtsizliklarni boshdan kechirgan: ikki marta ko‘krak bezi saratoniga duchor bo‘lgan va moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, bunga uning ashyolarni o‘g‘irlash orqali bergan laʼnati sabab bo‘lgan.
Nikoldan olingan to‘plamda Kanadadan turmush qurgan juftlikning yana bir pushaymonligi bor edi. Ular Italiyaga bir nechta toshlarni yuborishdi, bu toshlar 2005 yilda qazish joyidan o‘g‘irlangan.
Gulshoda NORTOJIYEVA

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
OILAVIY SHAROITIMDAN KELIB CHIQIB HISOBLASAK, KREDIT TO‘LASHGA IMKONIYATIMIZ BO‘LMAS EKAN
NAVOIY: SENTOB QISHLOG‘IGA FOTOSAYOHAT
Yil yakuni uchun mutolaa: Bill Geyts 5ta kitobni tavsiya qildi
“QILICH OTA” HAQIDA RIVOYAT
PLASTIK KARTA FIRIBGARI
QARZDOR KARANTIN EʼLON QILINGANLIGINI RO‘KACH QILIB, SUD QARORINI BAJARISHDAN BOSH TORTIB KELGAN
Izohlar (0)