Bechora vatandoshim bilan bir xilda xoʻrlangandek boʻldim
Chamasi, 1994–95 yillarda Moskvada oʻtadigan ProdEkspo koʻrgazmasiga borib, Oʻzbekistonning Moskva shahridagi Bolshaya Polyana koʻchasida joylashgan elchixonamiz qoshidagi mehmonxonada qolgandim.
Bir kuni tongda mehmonxonadan chiqib, ishlarimga shoshilgan yoʻlimda, roʻparamdan oʻrta yoshlardagi bir oʻzbek erkak chiqib, “Zemlyak, bir yordamingiz kerak” - deb meni toʻxtatdi. Men, “Ha, albatta” - deb unga yuzlandim.
⁃ Shu elchixonada ishlaysizmi, menga yordam bering, - dedi.
⁃ Yoʻq, bu yerda ishlamaymanu, lekin qoʻlimdan kelsa, yordam beraman,- dedim. Ochigʻi, u yillar Moskvada vatandoshlarimiz hozirgi kabi koʻp emasdi ham. Qolaversa, musofirchilikda ona tilimda murojaat qilganining oʻziga qoʻlimdan kelgan har qanday yordamga tayyor boʻldim.
⁃ Men 1989-yili qamalib, Vladimir shahrida qamoqda oʻtirdim, meni ikki kun avval ozod etishdi, pasportim yoʻq, qamoq spravkasi bilan bularning mirshablari meni shu elchixonaga olib kelib, eshigini tagida qoldirib ketishdi. Ichkariga kirsam, “Nega bu yerga keldingiz? Pasportingiz bormi? Siz Oʻzbekiston fuqarosi emassiz, biz sizga hech qanday yordam bera olmaymiz” - deb chiqarib yuborishdi. Axir uyim Margʻilonda boʻlsa, oʻsha yerda tugʻilib oʻsganman, qarindoshlarim oʻsha yerda. Toʻgʻri, soyuz davrida qamalib ketdim, nima endi, vatanimga qayta olmaymanmi? Uning bu gaplarini eshitib, u bilan birga elchixonamiz konsullik boʻlimiga kirdik. Binoga kiraverishda, oʻsha yerda oʻtirgan xodim yigit yoniga yoʻllandim.
⁃ Assalomu aleykum, baraka topgurlar, bu akamizga yordam beringlar, oʻzbek ekanlarku, - desam.
⁃ Yoʻq, bilasizmi, bu odam qamoqdan chiqqan ekan,- deb vahima bilan koʻzlarini olaytirib gapira boshladi haligi xodim, - Soyuz paytlarida kamalgan, hozir fuqaroligi yoʻq, biz uchun u Oʻzbekiston fuqarosi emas, - deya tushuntira ketdi. Mening achchigʻim keldi:
⁃ Nima qilsin bu bechora, qamalgan boʻlsa nima boʻlibdi? Jazosini oʻtab chiqibdiku, oʻzi margʻilonlik ekanku? Koʻchada qoladimi? Pasporti yoʻq boʻlsa, endi nima, uyiga ham bora olmaydimi? Hech boʻlmasa, biron uyiga yetib oladigan spravka yozib bering, - desam.
U yigit:
⁃ Yoʻq, u borib, oʻtirgan zonasidan ariza yozib, rossiyskiy pasport yoki fuqarosizlik hujjatini olishi mumkin,- deb turib oldi.
⁃ Siz oʻzbek pasporti bermagan, bu oʻzbekka ruslar pasport berarmidi? - desam.
⁃ Aka, toʻgʻri tushuning, qoida shunaqa, - deb mendan oʻgirilib, boshqa ishiga oʻzini urdi va ichkariga bizni yoʻlatmadi ham.
Rosti, u bechora vatandoshim bilan bir xilda xoʻrlangandek boʻldim.
Birga u yerdan chiqdik.
⁃ Endi nima qilsam ekan?-dedi.
Mening ham boshim qotdi.
⁃ Akang mening uyimda mehmon boʻlib turibdi, bir necha kunda dokumentlarini bitirib, joʻnatib yuboramiz,- dedi. Keyingi haftasiga oʻzi telefon qilib, musofir akani Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyganini aytdi.
Oradan biror hafta oʻtdi.
Bir kuni ish telefonimga qoʻngʻiroq keldi. Javob bersam, oʻsha musofir akamiz ekan.
⁃ Men uyimga qaytib keldim, hozir sizni koʻrgani Toshkentga kelganman. Zafarjon, men shaharni bilmayman, SUMning oldida turibman, Bu yerga kela olasizmi? - deb soʻradi.
⁃ Ha, albatta, - deb, uni koʻrgani bordim.
Ochigʻi, qanday yetib kelganining qissasini eshitgani qiziqdim, sababi, moskvalik doʻstimdan ikir-chikirini telefonda soʻrash noqulay boʻldi.
Yetib borsam, SUMning stoyankasida qizil jiguli VAZ 2103 da haligi akamiz va yana bir yoshi ulugʻroq kishi oʻtirishgan ekan. Ular meni koʻrib, qarshimga chiqishdi va har ikkalasi qattiq quchoqlab koʻrishishdi.
Oʻsha yerdagi “Doʻstlar” kafesiga kirib, choy ustida bir oz safar sarguzashtlarini surishtirib oldim. Soʻng xayrlashib turganimizda musofirchilikda uchrashgan akamiz:
⁃ Zafarjon, bizda omonatingiz bor edi, - deb, qoʻlimga pul tutqazdi, akalari esa mashina bagajidan non, mayiz, xolva oʻralgan bir tugun olib chiqdilar.
Har qancha “Qoʻysangizchi” deyishimga qaramay, pulni va tugunchani menga berib, yana quchoqlashib, xayrlashdilar.
Bilmayman, negadir ayni shu kuni Mustaqilligimiz bayramida shu hodisani esladim. Kimga qanaqa tuyuladi, bilmadimku, lekin shu hodisa va Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligi orasida men uchun qandaydir ramziy bogʻliqlik bor va men uni juda yaqqol his etaman.
Mustaqilligimiz, Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun muborak boʻlsin, aziz
vatandoshlar!

Moskvada bir samarqandlik yaxshi doʻstim bor edi. U oʻsha yerda universitetni bitirib, biznes qilib, oila qurib, qolib ketgan edi. U Moskvada qoʻl uzatsa, qoʻli ancha yerga yetadigan tadbirkor edi. Shunga qoʻngʻiroq qildim va bu musofir birodarimizning dardini tushuntirdim. Birga tadbirkor doʻstimning ofisiga borib, ularni tanishtirib qoldirib ketayotsam, musofir akaxon meni chetga chorlab, “ilojingiz boʻlsa, menga bir oz pul qoldiring, aytsam uyalaman, qornim juda ochib ketdi” - deb qoldi. Shu paytgacha, oʻzim “Qorningiz toʻqmi?”- deb soʻramaganimga hijolat chekib ketdim. U bilan yana haligi ofisdan chiqib, birga tushlik qildik, xayrlashib, ularga vatanga qaytib kelishga yetadigan bir oz pul ham qoldirdim. Soʻng yana doʻstimning idorasiga kuzatib qoʻydim. Har ehtimolga qarshi, telefon raqamimni ham qoldirdim unga.
Ertasi kuni Toshkentga qaytib, bir-ikki kundan soʻng, yana moskvalik boʻlib ketgan doʻstimga telefon qildim.
Ertasi kuni Toshkentga qaytib, bir-ikki kundan soʻng, yana moskvalik boʻlib ketgan doʻstimga telefon qildim.
⁃ Akang mening uyimda mehmon boʻlib turibdi, bir necha kunda dokumentlarini bitirib, joʻnatib yuboramiz,- dedi. Keyingi haftasiga oʻzi telefon qilib, musofir akani Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyganini aytdi.
Oradan biror hafta oʻtdi.
Bir kuni ish telefonimga qoʻngʻiroq keldi. Javob bersam, oʻsha musofir akamiz ekan.
⁃ Men uyimga qaytib keldim, hozir sizni koʻrgani Toshkentga kelganman. Zafarjon, men shaharni bilmayman, SUMning oldida turibman, Bu yerga kela olasizmi? - deb soʻradi.
⁃ Ha, albatta, - deb, uni koʻrgani bordim.
Ochigʻi, qanday yetib kelganining qissasini eshitgani qiziqdim, sababi, moskvalik doʻstimdan ikir-chikirini telefonda soʻrash noqulay boʻldi.
Yetib borsam, SUMning stoyankasida qizil jiguli VAZ 2103 da haligi akamiz va yana bir yoshi ulugʻroq kishi oʻtirishgan ekan. Ular meni koʻrib, qarshimga chiqishdi va har ikkalasi qattiq quchoqlab koʻrishishdi.
⁃ Ukamga sizni xudo yetkazibdi, - deb gapini boshladi haligi yoshi ulugʻroq amakimiz, - rahmat, yordamingizni ayamabsiz, mana ukamiz, shuncha yildan keyin bagʻrimizga qaytdi. Oʻzi ham bizga aytmay, “syurpriz” qilib kelaman, degan ekanda, mol-holimizni sotib boʻlsada, zonasidan oʻzimiz olib kelardikku, lekin hujjatini biz ham eplay olmasdik. Juda uddaburon doʻstlaringiz bor ekan, avval sizga, keyin ularga rahmat, mana, ukamiz qoʻynimizga eson-omon yetib keldi.
Oʻsha yerdagi “Doʻstlar” kafesiga kirib, choy ustida bir oz safar sarguzashtlarini surishtirib oldim. Soʻng xayrlashib turganimizda musofirchilikda uchrashgan akamiz:
⁃ Zafarjon, bizda omonatingiz bor edi, - deb, qoʻlimga pul tutqazdi, akalari esa mashina bagajidan non, mayiz, xolva oʻralgan bir tugun olib chiqdilar.
Har qancha “Qoʻysangizchi” deyishimga qaramay, pulni va tugunchani menga berib, yana quchoqlashib, xayrlashdilar.
Men u kishi nima ish bilan va nima uchun qamalib qolganini hech soʻramadim va bilmayman ham. Salkam 30 yil oʻtdi, ochigʻi ismlari ham yodimdan chiqibdi. Shunday boʻlsa-da, u kishini oʻshanda ham, hozir ham bir yaqin insonimdek eslayman. Sababi u mening vatandoshim edi.
Bilmayman, negadir ayni shu kuni Mustaqilligimiz bayramida shu hodisani esladim. Kimga qanaqa tuyuladi, bilmadimku, lekin shu hodisa va Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligi orasida men uchun qandaydir ramziy bogʻliqlik bor va men uni juda yaqqol his etaman.
Mustaqilligimiz, Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun muborak boʻlsin, aziz
vatandoshlar!
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)