“Matonat” filmining oʻzbek va rus tillaridagi premyerasi boʻlib oʻtdi

Kinematografiya agentligida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olingan “Matonat” hujjatli filmining oʻzbek va rus tillaridagi namoyishi tashkil etildi.
Premyera avvalida, Agentlik bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev, film rejissyori Shuhrat Mahmudov, Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixona vakili Vladimir Yuriyevich, Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK direktori Bahodir Odilovlar soʻzga chiqib, ijodkorlarni qutlashdi.
“Matonat” filmi Kinematografiya agentligi va Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan. Unda II jahon urushida qatnashgan 101 oʻzbekistonlik yurtdoshimizning urushda Gʻalabaga qoʻshgan hissasi hamda Gollandiyaning Amersfort shahrida joylashgan konslagerlarda halok boʻlgan oʻzbek askarlarining taqdiri haqida hikoya qilinadi.
Premyeradan soʻng ijodiy jamoa bilan suhbat tashkil etildi.
Film ijodkorlari: rejissyor Shuhrat Mahmudov, ssenariy muallifi Roziqa Mergenbayeva, operatorlar Rifkat Ibragimov, Rustam Magadiyev, rassom Bektosh Rajabov, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Rossiyalik ish beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazildi

Nurota tumanida dafn etilgan - Qozoq xalqi qahramoni Ayteke biy

Tiniq tuygʻular kuychisi

Akrom Malik qamoqxonada yozgan asarini chop ettirdi

Navoiyda oʻtkazilgan marafonda viloyat IIBning 500dan ortiq xodimlari faol qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi

Joriy yilda OTMlarga kirish uchun test sinovlari beshta fandan oʻtkaziladi
Izohlar (0)