Suyultirilgan gaz talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Xatirchi-Uchqara” gaz toʻldirish shaxobchasi mansabdor shaxslari fuqaro S.A.ga aholi isteʼmoli uchun ajratilgan 7,2 tonna suyultirilgan gazni har bir kilogrammini 2,5 ming soʻmdan hisoblab, 300 AQSH dollari va 14,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mansab soxtakorligi
Bundan tashqari, shahobcha mansabdor shaxslari umumiy qiymati 16,2 mln soʻmlik 5 tonna suyultirilgan gazni hisobotlarga qoʻshib yozish orqali ortiqcha chiqim qilib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Yerni sotishga kelisholmadi

Pora bilan qoʻlga tushdi

Farzandini sotayotgan ona ushlandi

Aviachipta firibgarlari

Navoiy shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar fosh etildi

Joriy yilning 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan edi
Izohlar (0)