Pora bilan qoʻlga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Kadastr agentligining Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tuman boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.J. “R.M.” MCHJ tomonidan qurilgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi binosining kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga, jamiyat rahbaridan 10 tonna sement olib berishni talab qilib, sementni bozor narxida oʻrtacha 10 mln soʻmga hisoblab, dastlab Cobalt uchun akkumulyator hamda 500 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Navoiyda xodimga “kelishishni” taklif qilgan fuqaro ushlandi

Buxoroda jinoiy guruh qoʻlga olindi

Qoʻlga kiritgan pullarni oʻz manfaati yoʻlida sarflab yuborgan

Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi

Jizzaxda koronavirus testlarini hujjatsiz sotayotgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Tovlamachi bloger
Izohlar (0)