Navoiy shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi “Sh.B.” hamda “N.G.” MCHJlarga qarashli ohak ishlab chiqarish tsexlarida oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasi koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida tashqaridan qasddan shikast yetkazilib (1,5 mm hajmda teshik hosil qilish orqali), tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Natijada hududiy gaz taʼminoti korxonasi manfaatlariga “Sh.B.” MCHJ tomonidan 985,7 mln soʻm va “N.G.” MCHJ tomonidan 130,2 mln zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Hisob kitoblarga koʻra, noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz 1 oy davomida 1 858 ta xonadonni uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlashga yetishi maʼlum boʻlgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (gazdan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

7 mingta noqononiy holat aniqlandi

OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi

Koʻpqavatli uyda portlash sodir boʻldi

Pora bilan qoʻlga tushdi

Joriy yilning 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan edi

Bola uchun 3000 dollar yoxud bolasini pullayotgan ona
Izohlar (0)