Polshada Gitlerning kitobi bosmadan chiqdi
Polshada Natsistlar Germaniyasi reyxskansleri Adolf Gitlerning “Mein Kampf” (Mening kurashim) kitobi nashrdan chiqdi. Mazkur kitob 1942-yilda polyak tiliga qilingan tarjima asosida bir guruh olimlarning soʻzboshisi va maxsus izohlari bilan chop etilgan.
Kitobda Ikkinchi jahon urushining kelib chiqishi va 50 milliondan ortiq insonning qurbon boʻlishi sababchi boʻlgan fashistlar rahbarining hayot yoʻli, siyosiy qarashlari, maqsad va gʻoyalari oʻz aksini topgan.
“Bu nashr fashistik gʻoyalarni targʻib etish maqsadida emas, aksincha, uning qanday yuzaga kelishini ilmiy jihatdan tadqiq etish maqsadida amalga oshirildi, – deydi “Bellona” nashriyoti rahbari Zbignev Chervinskiy. – Albatta, bu kitobning elektron nusxasini internetdan topish qiyin emas. Uni kitob holida chop etishdan maqsad fashistik gʻoyalarning oʻsha paytdagi manzarasini va oqibatlarini koʻrsatish, shu gʻoyalar tufayli nobud boʻlgan insonlar xotirasini yod etish, qanday qilib demokratik tizimdan totalitarizmga oʻtib qolish mumkinligini keng jamoatchilikka tushuntirishdan iborat”.
Gitlerning oʻlimidan soʻng ushbu kitob ilk bor 2016-yilda Germaniyada tanqidiy nuqtai nazardan, mamlakatdagi yahudiylar jamoasi rahbariyatining roziligi bilan nashr qilingan. Polshada ham yahudiylar bu kitobni nashr qilishga qarshilik koʻrsatishmadi.
“Bu kitob Ikkinchi jahon urushi, umuman yovuzlik, razolat, insoniyatga qarshi jinoyatlar tarixini oʻrganishda tadqiqotchilar uchun muhim manba sanaladi, — deydi Polsha bosh ravvini Mixael Shudrix. — Tarixchilar Gitler qanday fikr yuritgani, nimalar deganini bilshlari shart. Soʻz har doim ahamiyatga ega. Biz bunga qayta-qayta ishonch hosil qilyapmiz”.
Ikkinchi jahoni urushi davrida Polshada olti million kishi qurbon boʻlgan. Bu raqam oʻsha paytda mamlakat aholisining beshdan bir qismiga teng edi. Kitobning nashr qilinishiga bir qator antifashist tashkilotlari norozilik bildirishgan. Ammo, noshirlar ilmiy asarlarni chop etishga toʻsqinlik qilish uchun qonuniy asoslar yoʻqligi, kitob keng jamoatchilikka moʻljallanmagani, uning narxi ancha qimmat boʻlgani bois, hamma ham sotib ololmasligini aytishmoqda, - deb xabar beradi hudud24.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Internet firibgarlari
O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
Buxoro amirining xazinasi
OLIS ABXAZIYANING ATARA QISHLOGʻIDA BIR KUN…
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
Izohlar (0)