O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘rgangan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi, ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi. Bu haqda “Kun.uz” xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va ularning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi va hamkor tashkilotlar tomonidan yoshlarga tadbirkorlik haqida nazariy bilimlar beriladi. “Yoshlar 1+1” dasturi asosida 6 kun davomida maxsus kurslar tashkil etilib, kurs tinglovchilariga maxsus sertifikatlar berilishi rejalashtirilmoqda. Kurslarni tugatgan ishsiz yoshlar 3 yil muddatga 33 million so‘mgacha bo‘lgan 6 oylik imtiyozli davri va garovsiz kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, hududlarda “Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor” tamoyili asosida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va ularning bandligini ta’minlash maqsadida namunaviy o‘qishlar tashkil etilmoqda.
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalariga sarflangan xarajatning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
Rossiyada chet el fuqarolariga sertifikat uch yil muddatga beriladi
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
JORIY YILNING 25-DEKABRDAN O‘ZBEKISTONGA KIRIB KELISH PULLI BO‘LADI. SABABI …
OILAVIY SHAROITIMDAN KELIB CHIQIB HISOBLASAK, KREDIT TO‘LASHGA IMKONIYATIMIZ BO‘LMAS EKAN
Izohlar (0)