OLIS ABXAZIYANING ATARA QISHLOGʻIDA BIR KUN…
Darhaqiqat, suv tabiatning bebaho inʼomidir. Har qanday tirik mavjudot borki, suv bilan hayot.Yuksak isteʼdod sohibi Leonardo da Vinchi ham shunday degan edi: "Suvga yer yuzidagi hayot sharbatiga aylanishi uchun ham sehrli kuch berildi". Ha, inson suvsizlikdan koʻra, ochlikka uzoqroq chidashi mumkin. Yer yuzining 2/3 qismini suv, faqatgina 1/3 qismini quruqlik egallagan.
Aholi isteʼmol qiladigan toza suv miqdori borgan sari kamayib borayotgan bir paytda biz suvdan unumli foydalanyapmizmi? Koʻcha-koʻyda suvning joʻmragini sababsiz ochib qoʻygan xonadonlarni koʻrsak, jahlimiz chiqadi. Yerning qaysidir burchagida insonlar suvsizlikdan azob chekishmoqda, qaysidir qismida suv chiqishini intizorlik bilan kutishmoqda. Suv tanqischiligi bugun dunyo mamlakatlarining oldida turgan global muammolardan biri. Gurjiston Respublikasi tarkibidagi Abxaziya Respublikasining ham ayrim chekka hududlari bugungi kunda suvsizlikdan aziyat chekishmoqda, deb yozadi vestnikstroy.ru.
Abxaziya deganimizda dam olish va yashash uchun barcha qulayliklarga ega, koʻrkam va turizm rivojlangan goʻzal makon koʻz oldimizga keladi
Soʻnggi yillarda Abxaziya xalqi betakror tabiati, oʻziga xos ob-havosi va anʼanalarini saqlab qolgan joylari bilan ham koʻpgina sayyohlarni oʻziga jalb etib kelmoqda. Biroq oyning ham dogʻlari boʻlgani kabi bu joyning ham zamonaviy sivilizatsiyadan yiroq, suv tanqisligi oʻta global muammoga aylanib ulgurgan chekka-chekka qishloqlari ham mavjud. Endilikda ana shunday maskanlardan biri hisoblangan Atara qishlogʻi va unga suvdek muqaddas neʼmatni tuhfa etish uchun bor imkoniyatini ishga solayotgan “Deco” kompaniyasi bilan tanishamiz.
Qishloq respublikaning Ochamchira mintaqasida dengiz sathidan 200-250 metr balandlikda joylashgan. Dengizgacha boʻlgan masofa - 20 km. Bu yerda sitrus mevalardan mandarin, apelsin, limon yetishtiriladi. Atara qishlogʻi boshqa aholi punktlaridan bir oz uzoqlikda joylashgan. Bu yerga sayyohlar kamdan kam hollarda kelishadi, avto ulovlarning qatnovi kam bo‘lganligi uchun bu yerda hayot xotirjam, shov-shuvsiz kechadi.
Bu yerda aholi kam. 1989-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Atara qishlogʻida 1640 kishi istiqomat qilgan. Keyinchalik 90-yillardagi jangovar harakatlar natijasida u vayronaga aylangan.Bugungi kungacha qishloq aholisi juda koʻp qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. 2011 yilda aholi atigi 110 kishidan iborat boʻlgan. Endilikda Rossiyadan kelgan oilalar tufayli koʻpaymoqda. Sivilizatsiya afzalliklaridan elektr, mobil aloqa va Internet mavjud, biroq yuqorida aytganimizdek, suv yoʻq.
"Deco" kompaniyasi Abxaziyadagi chekka qishloqlarda suv tanqischiligining oldini olish maqsadida qoʻldan kelgancha harakat qilmoqda. Bugungi kunda ushbu kompaniya 32 km uzunlikdagi suv taqsimlash tarmogʻini quribgina qolmay, uchta suv ombori va uchta quduqni ham oʻrnatmoqda . Suvsizlikdan juda katta jabr koʻrgan aholi qishloqni tark etishga majbur boʻldi, lekin kelgusida bunday holatlar kuzatilmaydi. “Deco” kompaniyasining tashabbusi qanchadan-qancha qiynalgan insonlarning koʻnglidagi ushalmas orzusi edi. Aholi intiqlik bilan ishlar yakunlanishini kutishmoqda.
Shunday qilib, hozirgi kunda kompaniya ish olib borayotgan loyihalardan biri bu Atara qishlogʻida 30 kilometrlik suv taʼminoti tarmogʻini yotqizishdir. “Suvni bersang elga, yasharsan ming yilga” degan naql bejizga aytilmagan. Dunyoning qaysi burchagida boʻlmasin hech bir tirik jonzot, hech bir xalq suvga muhtoj boʻlib qolmasin. Biz “Deco” kompaniyasining kelgusi ishlariga rivoj tilaymiz. “Deco” singari kompaniyalar faqatgina Abxaziyada emas, suv taqchil boʻlgan yerning barcha nuqtalarida faoliyat yuritishini xohlardik.
Yuqorida taʼkidlaganimizdek suv borki, hayot bor.
Aziz yurtdoshlar! Bugungi osuda hayotimizning har bir onini gaz, suv, elektr energiyasisiz tasavvur qilishimiz qiyin. Suvning har bir tomchisini qadrlaylik.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
ARKTIKA VA ANTARKTIDA HAYVONLARI: PINGVIN
SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
NAVOIY: SENTOB QISHLOG‘IGA FOTOSAYOHAT
NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
O‘ZBEKISTONLIK YOSH REJISSYOR TURKIYADA O‘TKAZILGAN KINOFESTIVALDA G‘OLIB BO‘LDI
ISSIQXONALARIMIZDAGI FITOSANITAR HOLAT QANDAY?
Izohlar (0)