Buxoro amirining xazinasi
Buxoroning 1910-1920-yillardagi so‘nggi amiri Said Olimxon - 1880-1944 yilning xazinasi haqida ko‘plab manbalarda turlicha ma’lumotlar keltirilgan. Ularda qayd etilishicha, 1920-yilda talon-taroj qilingan xazinadagi 250 tonna oltin va boshqa qimmatbaho ashyolari hajmi bugungi kunda taxminan 80 milliard dollardan kam emas. O‘sha yillari bu boylik taxminan 77 million rubl deb baholangan. Xo‘sh, ushbu xazina qayerga va qanday g‘oyib bo‘lgan?
Avvalo, saltanatda qancha oltin, brilliant va boshqa qimmatbaho boyliklari bo‘lganini, hatto amirning o‘zi ham bilmagan.1918-yilda Rossiyada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishidan keyin “qullar va ochlar dunyosi”ning kurashlari bu o‘lkalarga ham yetib kelishini, shuningdek, Qo‘qonda yuz bergan qonli voqealarni hisobga olib, hukmdor xazinasida hisob-kitob o‘tkazish va uni talon-tarojdan muhofaza qilish lozim degan xayolga borgan bo‘lishi mumkin.
Amirning o‘z xazinasining hajmini aniqlashga qaror qilishiga qushbegi - Bosh vazir - Nasrullo undagan bo‘lishi ham mumkin. Qushbegi esa chor Rossiyasining Buxorodagi siyosiy agenti A. Ya. Miller tomonidan gijgijlangan. Lekin arkoni davlatdagi Buxoro amirining xazinasiga oid sirdan voqif bo‘lgan yagona odam – qushbegi Nasrullo 1918-yildagi talato‘plarda o‘ldiriladi.
Afsuski, amir o‘z xazinasini talon-tarojdan saqlab qola olmagan. 1920-yil sentyabr oyining boshida Buxoroni bosib olgan Frunze qo‘shini qo‘mondonlarining birinchi qilgan ishi Said Olimxon tashlab ketgan Arkdan amirning xazinasini izlab topish bo‘lgan. Shunday qilib, bosqinchilar topgan xazinaning bir qismi temir yo‘l vagonlariga (ayrim manbalarga qaraganda – 14, boshqalarida qayd etilishicha – 18 vagon) zudlik bilan yuklangan va markazga jo‘natilgan.
Taxminlarga ko‘ra, Buxoro amiri xazinasida quyidagicha miqdorda boylik to‘plangan:
– 1 mln. 148 ming 380 dona Buxoro tilla tangasi. Qayd etilganki, tangalar 950 probali;
– 4 mln. 635 ming 100 dona rus tilla tangasi;
– 17 tonna Gamburg oltini;
– 62 mln. 834 ming 780 dona Buxoro tilla tangasi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida mehnat bozori
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
Bolaga kitob bering!
Izohlar (0)