Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
Dunyo boʻyicha koronavirusga oid soʻnggi yangiliklar ochiqlandi. Bu haqda Telegramdagi “Koronavirus Info” kanalida maʼlum qilindi.
JSST bergan maʼlumotlarga koʻra, jahon boʻylab 600 mingdan ortiq yangi kasallanish holatlari aniqlangan. Bularning yarmidan ortigʻi Shimoliy va Janubiy Amerikaga toʻgʻri keladi, kasallanganlardan 15,8 ming kishi vafot etgan.
Pokiston hukumati “Sputnik V” vaksinasini favqulotda qoʻllashga ruxsat berdi. Chexiyada esa oʻnlab restoran va kafe egalari hukumatning qatʼiy taqiqiga qaramay, norozilik belgisi sifatida oʻz faoliyatini tikladi.
Buyuk Britaniyada ketma-ket besh kun davomida sutkasiga mingdan ortiq inson vafot etmoqda: 23-yanvar kuni 1 348 kishi olamdan oʻtgan. Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda. Gap qaysi preparat haqida ekanligi maʼlum qilinmadi. AQSHda ikki preparat: “Pfizer” va “BioNTech” ishlab chiqqan vaksina hamda “Moderna” preparati foydalanish uchun tasdiqlangan.
Kolumbiyada kasallanganlar soni 2 mlndan oshdi, deyarli 60 ming bemor vafot etgan. Tunisda koronavirusga qarshi cheklovlar va komendantlik soati bir oyga uzaytirilgan. Koronavirusning “britancha” shtammi avvalgisiga nisbatan koʻproq oʻlimga sabab boʻlishi aniqlandi,deb xabar beradi tez.news.
Foto: Reuters
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Pandemiyaga oid yana bir muhim xabar
Yangi-Angren IESdagi portlashda vafot etganlarning yaqinlariga 105 mln soʻmdan berildi
Qadimgi Rimda agar bemor operatsiya payti vafot etsa, shifokorning qo‘llari kesilgan
“Yangi-Angren” IESda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi
Koʻcha bezorilari ayollarni bir necha bor kaltakladi
Izohlar (0)