Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi shtammi 60 ga yaqin mamlakatda qayd etilgan. Mazkur shtamm aniqlangan davlatlar soni 12-yanvardan buyon 10 taga koʻpaydi, deb yozmoqda “Kommersantʼ” Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bayonotiga tayanib.
“Bugungi kunga qadar JSSTga oltita mintaqada 60 ta mamlakat, hudud va mahalliy jamoalarda mazkur shtammni yuqtirganlik toʻgʻrisida xabar kelib tushdi”,— deyiladi JSST maʼlumotlar jadvalida.
JSST maʼlumotiga koʻra, butun dunyoda 94 milliondan ortiq kishi COVID-19ʻga chalingan. Bir kecha-kunduzda kasallanish boʻyicha 312,2 mingta yangi holat aniqlangan, 2 milliondan ortiq kishi virus qurboniga aylangan.
Dekabr oyi oʻrtalarida Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlangandi. Koʻpgina mamlakatlar, shu jumladan, Rossiya Buyuk Britaniyaga parvozlarni vaqtincha toʻxtatdi. Rossiyalik virusolog yangi variantning tez tarqalayotgani sababli u asta-sekin eski shtamm oʻrnini bosishini aytgan, deb yozadi daryo.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Olimlar koronavirusning organizmda ko‘payishini to‘xtatuvchi fermentni aniqlashdi
Pandemiyaga oid yana bir muhim xabar
BRITANIYANING G‘AROYIB ROJDESTVO AN’ANALARI
TUNDAGI O‘G‘RILIK
ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
Izohlar (0)