Telegram Google Playdan oʻchirib yuborilishi mumkin
Foto: “politico”
AQSHning Marokashdagi sobiq elchisi Mark Ginsburg “Alphabet Inc” kompaniyasini sudga berdi. U kompaniyaga Telegram dasturini Google Playdan oʻchirib tashlashni talab qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, AQSHning Marokashdagi sobiq elchisi Mark Ginsburg “Xavfsiz internet uchun koalitsiya” notijorat tashkiloti bilan birgalikda Kaliforniya shtati sudidan Telegram messenjerini Google Play doʻkonidan olib tashlashni talab qilmoqda.
Daʼvogarning aytishicha, Telegramʻdan tahdidlarni tarqatish, irqchilik zoʻravonligini targʻib qilish va uni muvofiqlashtirish uchun foydalanilmoqda. Shuningdek, giyohvand moddalarni sotish Telegram yordamida amalga oshirilayotgani taʼkidlangan. Ginzburg Telegram ijtimoiy tarmogʻini antisemitizm gʻoyalarini targʻib qilishda aybladi. U yahudiy sifatida diniy qarashlari tufayli ikki marta ikki marta suiqasd uyushtirilganligini daʼvo qilgan.
Avvalroq Amerikaning “Xavfsiz internet koalitsiyasi” notijorat tashkiloti Apple kompaniyasiga qarshi Telegram messenjerini dastur doʻkonidan olib tashlash toʻgʻrisida sudga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Telegramʻda xavfsizlikning jiddiy zaifligi aniqlangani haqida xabar berilgan, deb yozadi tez.news.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)