PLASTIK KARTA FIRIBGARI
SH.H ismli shaxs o‘zganing mol-mulkini firibgarlik, yaʼni kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib, aldash yoki ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishga erishadi, deb maʼlumot beradi Zarafshon shahar IIB JQB katta tezkor vakili kapitan SH.D.Jo‘raqulov.
Telegram internet ijtimoiy tarmog‘ida tashkil etilgan “NAVOIY-AVTOSAVDO” guruhidan Zarafshon shahar 11 kichik tuman 28 uy 24 xonadonda yashovchi fuqaro R. Asrorov nomiga ochilgan telegram saytiga iyul oyi uchun ortiqcha tulov qilingan summalar qaytarilib berilishi haqida yolg‘on maʼlumotlar yozadi. R.Asrorovning nomiga ochilgan TIF Milliy bank Zarafshon shahar filialiga qarashli “Uzcard” plastik kartaning maxfiy kodlarini aldov yo‘li bilan aniqlab oladi va “Milliy bank” ilovasi orqali 6 mln. 331 ming so‘m miqdoridagi pullarni boshqa hisob raqamga ko‘chirish orqali qo‘lga kiritadi.
Mazkur holat yuzasidan Hayitov Shaxobiddin Shuxrat o‘g‘lining harakatida O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eʼzoza OLIMOVA