Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starship kemasi prototipi sinovlar chogʻida portlab ketdi

Seriya raqami 9 (SN9) boʻlgan raketa muvaffaqiyatli tarzda uchirildi. Maqsad 10 kilometrgacha balandlikka koʻtarilishdan iborat edi. Ammo qoʻnish vaqtida raketa yerga urilib, portlab ketdi.
SpaceXʻning integratsiya boʻyicha bosh muhandisi Jon Inspruker onlayn-translyatsiya chogʻida “uning ajoyib parvoz boʻlgani, shunchaki qoʻnish ustida biroz ishlash kerak”ligini taʼkidladi.
Starshipʻning 2020-yil dekabridagi bundan avvalgi parvozi ham muvaffaqiyatsiz yakunlangan, kemaning SN8 prototipi Texasda muvaffaqiyatli startdan keyin qoʻnish chogʻida portlab ketgan edi.
Oʻshanda SpaceXʻdagilar avariyaga qoʻnish chogʻida yoqilgʻi bakidagi past bosim sabab boʻlganini aytgandi. Kompaniya asoschisi Ilon Mask, shunga qaramay, sinovlarni muvaffaqiyatli deb atadi.
Starship kosmik kemasi va oʻta ogʻir raketasi Yerga yaqin orbita, Oy va Marsga ekipaj va yuklarni olib chiqishga moʻljallangan. Starship Yerga yaqin orbitaga 100 tonnadan ortiq yukni yetkazishga qodir boʻlgan tarixdagi eng kuchli tashuvchi raketa boʻlishi kutilmoqda, deb xabar beradi daryo.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

XKSga ilk sayyohlar Ilon Maskning kemasida 2022-yilda uchib ketadi

COVID-19ʻga qarshi Novavax vaksinasi 89 foizdan yuqori samaradorlik koʻrsatdi

Ilon Maskning kompaniyasi maymunning miyasiga chip joylashtirib, video oʻyin oʻynashni oʻrgatdi

Ilon Mask dunyoning eng boy odamiga aylandi

Malayziyada ixtirochilar ananas barglaridan dron tayyorlashmoqchi

Moskvada uchuvchisiz uchadigan taksining sinovi boshlandi
Izohlar (0)