Malayziyada ixtirochilar ananas barglaridan dron tayyorlashmoqchi
Malayziyada mahalliy ixtirochilar ananas barglaridan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar uchun ehtiyot qismlar tayyorlashda foydalanmoqchi. Ulardan bardoshli va mustahkam korpus qilish ham mumkin bo‘ladi. Mavjud material ancha arzon, bu esa qurilmaning o‘zini arzonlashtiradi. Bundan tashqari, ushbu material ekologik jihatdan qulaydir. Bunday dronning prototipi taxminan bir kilometr balandlikka ko‘tarilishi mumkin. Parvoz davomiyligi 20 minut. Ixtirochilar ananas xomashyosining samolyot qismlariga ham mos ekanligini isbotlash maqsadida qo‘shimcha moddiy sinovlarni o‘tkazmoqchi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)