Oʻzbekistonda 2020-yilda yoʻl va koʻprik qurilishi sohasida sodir etilgan jinoyatlar soni haqida maʼlumot berildi
3-fevral kuni AOKA boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Respublika transport prokuraturasi yoʻl va koʻprik qurilishida sodir etilgan jinoyatlar haqida maʼlumot berdi.
Xabarga koʻra, 2020-yilda yoʻl va koʻprik qurilish sohasida byudjetdan ajratilgan pullarni oʻzlashtirish holati boʻyicha 40 ga yaqin jinoyat ishi ochilgan. Ularda yoʻllar qurilishidagi korrupsion holatlar boʻyicha 11,5 mlrd soʻmlik davlat mulki talon-toroj etilgani fosh etilgan.
Matbuot anjumanida koʻprik va yoʻllar qurilishida loyiha institutlari monopoliyasi tugatilgani, bundan buyon obyektlar ochiq tender savdolari orqali qurilishi taʼkidlandi.
“Avvalo, yoʻl va koʻprik qurilishiga oid qonunchilik va ularni qurishda qoʻllanadigan davlat standartlari, yoʻriqnoma va qoidalarni takomillashtirib, hozirgi zamonga moslashtirish zarurati yuzaga kelgan. Boisi, hozirgi kundagi qurilishlar hanuzgacha sobiq ittifoq davridagi standartlar asosida amalga oshirilmoqda”, – deyilgan xabarda.
Shuningdek, 2020-yil davomida Transport prokuraturasi tomonidan har bir obyektga chiqib yoʻllar ahvoli oʻrganilganda, qator kamchiliklar borligi aniqlangan, deb xabar beradi tez.news.
Foto: Tez.news.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistondagi 5476 ta koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar taʼmirtalab holga kelib qolgan
Buxorodagi portlash boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan viloyatlar maʼlum boʻldi
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi
Internetda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi
Izohlar (0)