Yevropada davom etayotgan tabiat injiqliklari
Uzoq davom etgan yomgʻirlar Fransiyaning bir qator mintaqalarida toshqinlarga olib keldi. Sena qirgʻoqlaridan toshganligi uchun Parijni suv bosdi. Daryoda suv sathi 4,20 m ga koʻtarilgan va koʻtarilishda davom etmoqda. Mamlakat shimolida 70 yoshli erkak suv toshqini qurboniga aylandi.
Soʻnggi ikki oy ichida Fransiyaning janubi-gʻarbiy qismidagi bir qator shaharlarda toʻrt marta suv toshqini kuzatildi. Sinoptiklarning taxmin qilishicha, yomgʻir yaqin orada toʻxtamaydi. Mahalliy aholi:
– Bunday yashash qiyin, uyimizni uchincha marta suv bosishi. Hozir nima qilishni ham bilmaymiz.
– Uyga suv kirmasligi uchun bu yerga bir nechta gʻisht qoʻydim, lekin u oʻtgan galgidek toshib ketishi mumkin.
Germaniyada iliq ob-havo kuzatilyapti.
Buyuk Britaniyaning Yorkshire Dales milliy bogʻida esa qalin qor tufayli transport harakati toʻxtab qoldi. Bu esa ommaviy emlashning kechikishiga sabab boʻldi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
MARSHAL OROLLARIDA QOLIB KETGAN QAYIQ
“Uzoq muddatli toʻxtash joyi”
Nimaga Mona Lizaning peshona sochlari oldirilgan va qoshlari yoʻq?
Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
O‘G‘IRLIK TUFAYLI U BIR QATOR BAXTSIZLIKLARNI BOSHDAN KECHIRGAN
Izohlar (0)