Suvni tejаshdаgi muvаffаqiyatli ixtiro
Аyrim davlatlarda uchraydigan suv muammolari tabiiy iqlim sharoitiga zarar yetkazib, oʻsimlik dunyosining kamayib borishiga, shuningdek, ichki bozorda qimmatchilik va qahatchilikni keltirib chiqaradi. Yer yuzida ichimlik suvi taqchilligidan aziyat chekan davlatlar oz-munchami? Lekin rivojlangan mamlakatlarda suvning tejab ishlatilishi, omilkorlik ushbu muammo xavfini kamaytiradi.
Plastik toʻplardan foydalanildi
Bir necha yil oldin Los-Anjeles suv omboriga bir necha million plastik toʻp qoʻyilgan yedi. Ekologik eksperiment rasmiy ravishda muvaffaqiyatli deb tan olingan. Negaki, Los-Anjeles suv omborida olma oʻlchamidagi qora plastik toʻplar birinchi marta 2008 yilda qoʻllanilgan. U yerdan yuqori darajadagi bromatlar (brom kislotasi tuzlari) topilgan. Ushbu kanserogenlar nurda brom va xlor ionlari ishtirokida bir qator kimyoviy reaktsiyalar natijasida hosil boʻladi.Bromid ionlari koʻpincha yer osti suvlarida uchraydi va xlor bakteriyalarga qarshi kurashda ishlatiladi. Quyosh nurlari suvga tushishini oldini olish uchun uni plastik toʻplar bilan "yopishga" qaror qilindi. Vaqt oʻtishi bilan, shuningdek, koptoklar nafaqat quyosh nurlarini toʻsibgina qolmay, balki suv oʻtlari oʻsishini, bugʻlanishni va suvning ifloslanishini ham oldini olishi aniq boʻldi.
Ijobiy natijalar
Balonlardan foydalanishning ijobiy samarasini qayd yetgan Los-Anjeles maʼmuriyati keng miqyosda harakat qilishga qaror qildi. Bir balonning narxi 36 sentni tashkil yetgan, ammo loyiha miqyosida bu millionlab dollarni tashkil yetgan: xususan, 2015 yilda suv omboriga 20 ming ballon qoʻshilgan, keyin ularning umumiy soni 96 millionga yetgan. Xaridga 34,5 million dollar ajratilgan. Shahar hokimiyati sarmoyani foydali deb hisoblashdi, chunki suv omborini rekonstruksiya qilish 300 million dollarga tushishi kerak edi.Mutaxassislar, ayniqsa, ularning usuli havzani bugʻlanishdan himoya qilishlari bilan faxrlanadilar: qora sharlar tufayli Kaliforniya, 2016 yilda misli koʻrilmagan qurgʻoqchilikni boshdan kechirgan holda, katta hajmdagi suvni tejashga muvaffaq boʻldi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Kampir” politsiyachilar
Sarez koʻli Oʻzbekiston uchun qanday xavf tugʻdiradi?
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
OAV: Qozogʻiston olimlari radiatsiyaga qarshi dunyodagi birinchi dorini yaratdi
Tirik afsona: Isaak Nyutonning olma daraxti 400 yoshda va uning urugʻlari kosmosga ham uchgan
Bir hafta muddatda aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni va’da qilishdi
Izohlar (0)