OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Buxoro shahrida 1-mart kuni oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, 1-mart kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Kogon shahar Birdamlik koʻchasida yashovchi 1994-yilda tugʻilgan X.D. ismli ayol 2017-yilning 21-dekabr kunidan boshlab Buxoro viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari tomonidan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan. Undan OIV infeksiyasini boshqa shaxslarga qasddan yuqtirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ogohlantirilib, tilxat olingan.
Bunga qaramasdan, oʻzining OIV infeksiyasiga chalinganligini bila turib, 2020-yilning avgust oyidan 2021-yilning fevral oyiga qadar 10 dan ortiq fuqarolar — R.Sh., R.B., A.J., S.Sh., H.B., Sh.A., M.A., E.A., H.D. va boshqa shaxslar bilan Buxoro shahrining turli joylarida himoya vositalarisiz jinsiy aloqada boʻlib, ushbu shaxslarga OIV infeksiyasini qasddan yuqtirish va yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan X.D.ismli ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga tosh otgan bezori aniqlandi
Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi
Koʻcha bezorilari ayollarni bir necha bor kaltakladi
Buxoroda yuk mashina yukxonasidagi issiq asfalt bilan fuqaroning ustiga ag‘darildi
Qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar qoʻlga olindi
Qidiruvda bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
Izohlar (0)