Bir hafta muddatda aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni va’da qilishdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Paxtakor tumanida gaz va elektr energiya yo‘qligidan norozi bo‘lgan aholi avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani haqida xabar berilgandi. Viloyat mutasaddilari ushbu vaziyatni o‘rganib, tuman aholisi uchun qachon gaz etkazilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Paxtakor tumani aslida gaz yetib kelish qiyin bo‘lgan hududlardan biri ekanligi sabab, avval Sharof Rashidov mahallasi gaz quvuriga ulangan. Lekin R.Rashidov mahallasiga gaz yetib kelmagani uchun hokimning qarori bilan besh yil oldin gaz quvuri kesib tashlangan. Shu kunga qadar ular suyuq gaz va ko‘mir bilan doimiy ta’minlanishi bo‘yicha hech qanday muammo bo‘lmagan. Lekin aholining aytishicha, bu gaz faqat ovqat tayyorlashgagina yetgan.
Voqeadan so‘ng Jizzax viloyat hokimligining birinchi o‘rinbosari va mutasaddi rahbarlar voqea joyiga chiqib, aholini tinchlantirish maqsadida tushuntirish ishlari olib borgan. Shuningdek, ular bir hafta muddatda aholiga tabiiy gaz yetkazib berish va’dasini bergan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Jizzaxda qurilayotgan koʻp qavatli uy qulab tushdi
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
Pul oʻzingniki, lekin resurslar barchaniki!
Ana xolos…
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
Izohlar (0)