Aholining 45 foizi semirib ketishi mumkin
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti taxminlariga koʻra, 2030-yilga borib, dunyo aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti taxminlariga koʻra, 2030-yilga borib, dunyo aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin. Semizlik nafaqat kattalar oʻrtasida, balki bolalar va oʻsmirlar orasida ham jiddiy muammoga aylanib bormoqda. Maʼlumotlarda keltirilishicha, 1975-yildan ayni paytga qadar dunyodagi semiz odamlar soni uch baravar oshgan. 5 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan 340 milliondan ziyod bolalar va oʻsmirlar semizlikka duchor boʻlishgan.
Mazkur faktlar jamiyatimiz uchun semizlik jiddiy tahdid ekanini koʻrsatmoqda. Ushbu xavfning oldini olishda birgalikda harakat qilish vaqti keldi.
Bugun, 1-iyuldan boshlab Prezidentimizning “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan yurtimizda semizlikka qarshi kurashish, salomatlikni mustahkamlash va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar boshlanadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda:
- vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik koʻrsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa oʻtkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimini;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududda ommaviy sport bilan shugʻullanuvchilar sonining oshishiga, sogʻlom ovqatlanishiga, xususan, tarkibida tuz, qand va yogʻ miqdori koʻp boʻlgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini isteʼmol qilishni qisqartirishga, zararli odatlardan, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishdan voz kechish yoʻli bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etish koʻrsatkichlari kamayishiga qarab ishiga baho berish boʻyicha reytingini raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini joriy etadi hamda “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlaydi
Mutaxassilarning fikricha, yurish, velosayr va gimnastrada kabi jismoniy faollikni kundalik turmush tarziga aylantirish har qaysi yoshdagi kishilar uchun foydadan holi emas. Faol yurish orqali yurak qon-tomir kasalliklari, insult, xavfli oʻsmalar, nafas olish aʼzolarining surunkali kasalliklar va qandli diabet kabi yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olgan boʻlamiz.
Velosipedda sayr qilish jismoniy faollikning yana bir qulay va zavqli turi hisoblanadi. Velosayr mushak, yurak-qon tomir tizimini mustahakamlaydi, nafas olish ritmini rivojlantiradi. Tizimli harakatlar yogʻlarning erishiga, shu orqali ortiqcha vazndan qutilishga olib keladi.
Shu oʻrinda qayd etish kerakki, semizlikka qarshi kurashda sogʻlom ovqatlanish ham muhim oʻrin tutadi. Jumladan, turli xil sabzovot va mevalarni isteʼmol qilishga odatlanish kerak boʻladi. Yogʻli goʻsht mahsulotlarini dukkakli mahsulotlarga, baliq va parranda goʻshti yoki yogʻsiz goʻshtlarga almashtirish, tuz va qandni imkon qadar kamroq isteʼmol qilish, ovqat bilan birga choy ichmaslik, tabiiy sharbatlar yoki qaynatilgan suv ichish kabi oddiy, ammo muhim qoidalarga rioya etgan maʼqul.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Koronavirusdan 2021-yilda ham qutulmaymiz - JSST
“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
COVID-19ga qarshi emlashdan bosh tortdi
Izohlar (0)