Oʻrnak
Afgʻon qizi Nadiya haqida hikoya.
Baʼzi insonlar hayoti boshqalar uchun oʻrnak boʻladi, motivatsiya beradi, hayotda har narsaga erishish mumkinligiga ishonch beradi.
1988-yilning 2-yanvarida Afgʻonistonning Hirot shahrida tugʻilgan Nadiya Nadim ota-onasi va toʻrt singlisi bilan Qobulda yashashadi. 2000-yilda otasi toliblar tomonidan oʻldirilgach oilaning qolgan aʼzolari qochqin maqomi bilan Daniyaga koʻchib oʻtadi.
Daniyada Nadiya futbol bilan shugʻullanishni boshlaydi, “Fortuna” klubida oʻynashni boshlaydi, keyin esa NWSL “Sky Blue” (Musaffo osmon) klubi bilan shartnoma imzolaydi, olti oʻyinda yettita gol, uchta golli uzatmani oʻz hisobiga yozib qoʻyadi va yana bir mavsumga shartnomani uzaytiradi.
2018-yildan ingliz klubi “Manchester Siti” tarkibida faoliyat yuritmoqda.
2006-yilda Nadiya 18 yoshga toʻlganda, u Daniya fuqaroligini oladi, Daniya terma jamoasida oʻynash huquqini esa 2009-yilda qoʻlga kiritadi. Terma jamoada 200 ga yaqin golga mualliflik qilgan.
2013-yilda tibbiyot yoʻnalishiga oʻqishga kiradi va universitetni aʼlo baholarga tugatadi, u plastik jarroh, toʻqqizta tilda muloqot qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Dostonbek Hamdamov "Al Nasr" bilan shartnoma tuzdi
Tez-tez tabassum qiling va baxtli boʻling!
"Rossiya gandbol federatsiyasi jamoasi"
Butun dunyo boʻyicha koronavirusning toʻrt mingga yaqin shtammi borligi maʼlum boʻldi
Joriy yilda OTMlarga kirish uchun test sinovlari beshta fandan oʻtkaziladi
Navoiylik bedarak yoʻqolgan qiz topildi
Izohlar (0)