Butun dunyo boʻyicha koronavirusning toʻrt mingga yaqin shtammi borligi maʼlum boʻldi

“Barcha ishlab chiqaruvchilar, Pfizer-BioNTech, Moderna, Oxford-AstraZeneca va boshqalar oʻz vaksinalarini qanday qilib yaxshilash mumkinligini koʻrib chiqmoqda. Hozirda dunyoda koronavirusning toʻrt mingga yaqin turi bor”, - deydi Buyuk Britaniya sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari, koronavirusga qarshi emlashga masʼul - Nadim Zahaviy.
Maʼlum boʻlishicha, dunyo boʻyicha koronavirus infeksiyasining minglab mutatsiyalari hujjatlashtirilgan.
Cambridge universiteti professori Ravi Guptaning soʻzlariga koʻra, mutatsiyalar soni dolzarb ahamiyatga ega emas, chunki koʻplab mutatsiyalar paydo boʻlib, doimiy ravishda yoʻq boʻlib ketadi.
Qayd etilishicha, olimlar mutatsiyaga uchragan viruslarni umumiy populyatsiyada yuqtirgan holda tasvirlash uchun 4000 ta variantdan foydalanishmoqda.
“Bizda dunyodagi genomlarni sekvensiyalash sanoatining 50 foizga yaqini bor va biz barcha variantlarni kutubxonamizda saqlaymiz, shunda kuz yoki undan keyin ham virus bilan bogʻliq boʻlgan har qanday muammoga javob berishga tayyor boʻlamiz”, – dedi Zahaviy.
Pandemiya boshlangandan beri koronavirusdan jami 2,5 dan koʻproq odam vafot etgan, deb xabar beradi tez.news.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi

Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 100 milliondan oshdi

Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda

“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi

AQSHda koronavirusning butunlay yangi turi — CAL20C aniqlandi

Koronavirusning “britancha” shtammi Litvaga ham kirib bordi
Izohlar (0)