Sibir buxoriylari
XIV asr oyoqlagan paytda Buxoro ulamolari sovuq Sibirga yoʻl olishdi. Naqshbandiy tariqati aʼzolari boʻlgan buxorolik soʻfiylar shomonlarga topingan Sibir totorlari, yoqut, oltoy, qarluq va nanaylar oʻrtasida Islomni yoyishdi.
Ustozlar duosi bilan sovuq oʻlkaga kelgan darveshlar avlodlari Sibirda oʻzlarini “buxorolik”, “sart” yoki “oʻzbek” deb atashgan. Buxoriylar asosan Tyumen, Omsk va Tomsk viloyatlariga yig’ilganlar.
Bu hududlarda oʻz davrining ilgʻor yashash tarzini tamsil qilgan ilk Buxoriy qishloqlari paydo boʻlgan. Bundan tashqari, ular totorlar yashaydigan ovullar va Tyumen, Tobolsk, Tara, Tomsk kabi maʼmuriy markazlarga yaqin hududlarda ham istiqomat qilishgan.
Sibir buxoriylari yuz yillar mobaynida mahalliy totorlar bilan yaqin munosabatga kirishib, qiz olib, qiz berib, quda-anda boʻlishgan. Antropologlarga koʻra, aynan buxoriylar zamonaviy sibir totorlari zehniyatini shakllantirgan asosiy komponentdir.
Sibir ruslar tarafidan ishgʻol qilinishidan oldin Buxoro savdogarlari Sibirda Turkistondan keltirilgan mollar bilan barakali savdo-sotiq bilan shugʻullanganiga oid belgilar bor. Aynan buxoriylar Sibirda ilk bor teriga ishlov berish, gilamu sholcha toʻqish kabi hunarmandchilikka asos solishgan.
Yaqin tarixda Tyumen, Tobolsk va Taradagi mashhur teri hamda gilam doʻkonlari buxoriylarga oid boʻlgani maʼlum. Pirovardida buxoriylar avlodlaridan yirik boylar, tadbirkoru savdogarlar yetishib chiqdi.
Sibirdagi chorvador, qassob, izvoshchi, aravakash va oltinga ishlov beruvchi ustalar asosan buxoriy avlodlari boʻlgani aytiladi. Avlod almashish asnosida buxoriylar oʻzlarini totorlar deb ayta boshlagan. Ayni paytda ular oʻz ajdodlarining Buxorodagi naqshbandiy pirlariga borib taqalishini alohida faxr va iftixor bilan eslashadi.
(Maqola Sibir oʻlkashunoslik kutubxonasi
materiallari asosida yozildi.)
Akmal Rizayev

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)