Imkoniyat doimo mavjud
Janubiy Afrika qamoqxonasidagi 46664 sonli mahbus 27 yilni panjara ortida oʻtkazgan. Uning ikki kishilik kamerasida yozuv stoli, stul, toʻshak va bir juft koʻrpa bor edi. Mahbusga boshqa odamlarga yaqinlashish taqiqlangan va tashqi dunyo bilan aloqa olti oyda bitta xat va bitta tashrif bilan cheklangan. Bu odam qamoqni universitetga aylantirgan Nelson Mandela edi. Mandela 71 yoshida qamoqdan ozod qilingan. Afrikada aparteid siyosatini tinch yoʻl bilan yoʻq qilish va demokratik asoslarni barpo etish borasidagi saʼy-harakatlari uchun 75 yoshida u Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. 77 yoshida esa Janubiy Afrika Respublikasining ilk qora tanli prezidenti boʻlgan. Ushbu inqilobiy gʻalabalarning asosi uning qamoqxona kamerasida oʻrgangan kitoblariga borib taqaladi. Mandela qamoqxona qoʻriqchilarining taajjubli nigohlariga eʼtibor bermasdan, oʻziga oʻzi oʻqituvchilik qilgan va oxir-oqibat huquqshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan. Mandela inson oʻz hayotini boshqarish imkoniyatini yoʻqotib qoʻyishi nimaligini yaxshi bilgan. Lekin inqirozga duch kelgan oʻz orzularini koʻmmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)