Tiniq tuygʻular kuychisi
Bugun 1-mart - atoqli oʻzbek shoiri Zulfiya Isroilovaning tavallud topgan kun.
“Men, — deb yozadi Zulfiya, — Hamid Olimjonni ilk dafʼa oʻsha yilda koʻrganman. …Yashirib oʻtirmayman. Hamid Olimjon ilk koʻrishuvlardanoq koʻzimdan koʻnglimga oʻtdi. Men juda yosh hissiyotim bilan uning keng qalbi, ulkan iqtidorini tuydim” (Naim Karimovning “Zulfiya opa haqida” maqolasidan).
Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915-yili Toshkentda, hunarmand oilasida tugʻilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida oʻqigan vaqtlaridayoq (1931-1934) adabiy toʻgaraklarga qatnashib, sheʼrlar mashq qiladi. Zulfiya 17 yoshida nashr etilgan “Hayot varaqlari” (1932) nomli birinchi sheʼrlar toʻplami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi. 1935-1938-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.1938-1948-yillarda nashriyotlarda muharrir, boʻlim boshligʻi, 1950-1953-yillarda esa “Oʻzbekiston xotin-qizlari” (hozirgi “Saodat”) jurnalida boʻlim boshligʻi, 1953-1980-yillarda esa bosh muharrir boʻlib ishladi.
Zulfiya “Oʻylar”, “Shalola” kabi sheʼriy toʻplamlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.Hind mavzuidagi sheʼrlari uchun Javoharlaʼl Neru nomidagi xalqaro mukofotga, tinchlik va doʻstlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro “Nilufar” mukofotiga sazovor boʻlgan. Atoqli shoira 81 yoshida, 1996-yil avgustida vafot etgan.
SOGʻINIB
Shu kunlarda bahorga zorman,
Navjuvonlik oʻti tanda yoʻq.
Kuz singari zaʼfar ruxsorman,
Mevalar ham shoxlardan uzuq.
Shu kunlarda bahorga zorman,
Tanxastalik ezadi ruhim.
Tanho emas, qatorda borman,
Yana neni izlaydi suqim?
Shu kunlarda bahorga zorman,
Shaffof, yorqin kuy tilar koʻngul.
Yaxshiyamki, qalamga yorman,
Soʻzlab turar bor dilimni ul.
Shu kunlarda bahorga zorman,
Oʻz bahorim kabi bemisol.
Bahor qaytmas, yonuvchi qorman,
Yo noʻnoq qoʻl butagan nihol.
Shu kunlarda bahorga zorman…
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Zulfiya” mukofoti sohibasi 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi
Akrom Malik qamoqxonada yozgan asarini chop ettirdi
“Navoiydan Navoiyni oʻrganaylik!”
Nurota tumanida dafn etilgan - Qozoq xalqi qahramoni Ayteke biy
Ikki boshli buzoq baxt-omad olib keldi
NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
Izohlar (0)