Tasodifan yaratilgan foydali modellar
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar turmush tarzimizni yengillashtirishda katta xizmat qilmoqda. Ammo barcha uskunalar hamma maqsadli yaratilmagan, aksincha, tasodifan kashf etilgan. Ular bilan tanishish balki Sizni ham biron kashfiyotga qo’l urishga undashi mumkin...
Mikroto'lqinli pech
Mashhur tadqiqotchi Persi Spenser ixtiro uchun 120 dan ortiq patent olgan, dunyodagi harbiy-sanoat kompleksining eng yirik kompaniyalaridan biri “Raytheon” xodimi tasodifan mikroto'lqinli pech yaratuvchisi bo'ldi. 1945 yilda, Ikkinchi Jahon urushi tugashidan sal oldin, u radarlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlar olib boradi.
Sinov paytida, Spenser, ishlaydigan emitent oldida stol ustida turgan shokolad eriganligini aniqlaydi. Bir qator tajribalardan so'ng birinchi 400 kilogrammlik mikroto'lqinli pechni yaratadi. Shundan keyin mikroto'lqinli pechni ovqatni tezda isitish uchun restoran, samolyot va kemalarda ishlatish ommaviylashdi.
Muhim eslatmalar uchun qog’oz (Post-it Notes)
Yopishqoq qog'ozlar yelim chidamliligini oshirish bo'yicha muvaffaqiyatsiz tajriba natijasida paydo bo'ldi. 1968 yilda “3M” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi xodimi yopishqoq lentalar (skotch) sifatini yaxshilashga harakat qiladi. Urinishlar orqali faqatgina jism sirtiga singmaydigan va yopishqoq lenta ishlab chiqarish uchun mutlaqo yaroqsiz bo'lgan zich yelim hosil bo’ladi. Tadqiqotchi yangi turdagi yelimdan qanday foydalanishni bilmas edi. To'rt yildan so'ng, bo'sh vaqtlarida cherkov xorida qo'shiq kuylagan hamkasbi, Zabur kitobidagi xatcho'plar har doim yo'q bo'lib ketayotganidan g'azablanadi. Keyinroq u o'zi yaratgan kitob sahifalariga zarar bermasdan yopishtiriladigan yelimni eslaydi. Shu tariqa 1980 yilda Post-it Notes birinchi marta omma e’tiboriga namoyish etiladi.
Supermarket aravachasi
Savdogar Svon Goldman 1936 yilda birinchi xarid qilish savatini ixtiro qiladi. Goldman Oklaxoma-Siti shahridagi yirik oziq-ovqat do'konining egasi edi va mijozlar ba'zi tovarlarni ko’tarib yurish noqulay bo'lganligi sababli mahsulotlar sotib olinmayotganini payqaydi. Topilma tasodifan yaraladi: Goldman bir mijozning o'g'li arqonga o'ralgan o'yinchoq mashinasiga og'ir sumkani qo'yib sudraganini kuzatadi.
Bu topilmani amaliyotga joriy qilish fikri uyg'ongandan so'ng savdogar dastlab kichik g'ildiraklarni oddiy savatga ulab qo'yadi, keyin esa mexaniklarni jalb qilgan holda zamonaviy aravaning prototipini yaratadi. Ushbu qurilmaning ommaviy ishlab chiqarilishi 1947 yilda boshlangan. Aravacha ixtirosi yangi do'kon turi - supermarketni paydo bo'lishiga imkon beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Kamchatkada meteorit quladi
Geroin tarixi
Inson hayotiga zomin bo‘lgan kiberhujum: bir necha odamni hayotdan olib ketdi: sharmandalikka dosh berolmay, o‘z joniga qasd qilganlar ham kuzatildi.
IKKINCHI JAHON URUSHIDA FAQATGINA AYOLLARDAN IBORAT BO‘LGAN AVIATSIYA BO‘LIMI YOXUD “TUNGI JODUGARLAR”
Ana xolos…
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
Izohlar (0)