Ana xolos…
Qozog‘iston go‘zallik tanlovida 4000 dan ortiq qizlar qatnashibdi. Ulardan biri Arina ismli qiz finalga qadar yetib boribdi. Xakamlar uni birinchi o‘ringa ravo ko‘rib turishsa, qiz so‘zga chiqib debdi:
“Hozirgi kunda hamma qiz-ayollar bir xil pardoz qilishadi. Lablar, qoshlar, kipriklar... Hamma buni go‘zallik sifatida ko‘radigan bo‘lib qolgan. Aslida go‘zallik bu tabiiy va o‘ziga xos bo‘lishi kerak, meni qo‘llab-quvvatlab turgan hammaga rahmat!”
Arina boshidagi soxta sochini (parik) yechib, pardozini o‘chira boshlabdi. Hamma bu tadbirning “kulminatsion nuqtasi” bo‘lsa kerak deb qarsak chalib tursa, qiz mikrofonni olib, “Kechirasizlar, men aslida o‘g‘il bolaman!” degan ekan.
Go‘zallik tanlovida qatnashgan qiz, aslida, 22 yoshli Ilay Dyagiyev ismli yigit bo‘lgan. Keyinroq Ilay bu ishni tanishlari bilan bahs boylagani uchun amalga oshirganini tan oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)