Har narsada hikmat bor

Odam har kuni ufqlarga uzoq tikilib oʻtirar, biror qora koʻrinarmikan deb umid qilardi. Nihoyat bu ishdan zerikdi. Tunash va yirtqichlardan himoyalanish uchun turli shox-shabbalardan bir boshpana qurdi. Oradan kunlar oʻtdi. Bir kuni kechgacha oziq-ovqat qidirib yurdi. Ancha-muncha yegulik topib, horib-tolib qaytib keldi. Ne koʻz bilan koʻrsinki... Uyi yonib, bir uyum kulga aylanibdi. Bu holdan uning yuragi gʻazab va alamga toʻldi:
– Ey Xudo, menda nima qasding bor!? – deb oʻkrab yubordi.
Ertasi kuni tongda uni sohilga yaqinlashayotgan kema tovushi uygʻotib yubordi. Kema bu yerga uni qutqarish uchun kelayotgandi.
– Bu yerda ekanimni qaydan bildinglar? – deb soʻradi u hayratlanib qutqaruvchilardan.
– Axir kecha oʻt yoqib ishora berding-ku! – deyishdi kemadagilar.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Ispaniyada koronavirusga chalingan bemor kasalxonani yoqib yubordi

Kosmik kema qo‘nish paytida portlab ketdi

Pul oʻzingniki, lekin resurslar barchaniki!

AQSHning Perseverance nomli Marsga yuborilgan havo kemasi sayyora hududiga muvaffaqiyatli qoʻndi

Nima sabab stol pichoqlarining uchi yumaloq shaklga ega?

Biz bilmagan 7 ta ajoyib maʼlumot
Izohlar (0)