Pul oʻzingniki, lekin resurslar barchaniki!
Koʻpchilik, bu mamlakat aholisi nihoyatda toʻkin-sochin, oʻta dabdabada yashaydi, deb oʻylaydi. Safarimdan oldin men ham shu fikrda edim. Hamburg shahriga kelib tushganimda, u yerdagi tanishlarim bir restoranda ziyofat uyushtirishdi. Restoranga bordik. Qarasak, restoranda odam kam. Bir nechta yoshi katta ayollar bor. Bir chetdagi stolda yosh er-xotin oʻtiribdi. Oldilarida ikkita tarelkada ovqat va ikkita ichimlikdan boshqa narsa yoʻq. Biz ham bir stolga oʻtirdik. Qorin ham ochqab ketgandi. Shundan sherigim koʻproq ovqatga buyurtma berdi. Restoran tinch ekan, ovqat ham tezda keldi.
Ovqatlanib boʻlib, turib ketayotganimizda ovqatning deyarli uchdan biri tarelkada ortib qolgan edi. Restoran eshigiga yetib bormagan ham edikki, kimdir bizni chaqirdi. Qarasak yoshi ulugʻ xonimlar restoran boshligʻiga nimalarnidir gapirishyapti. Bilsak, ular koʻp ovqat qoldirib ketayotganimizdan norozi ekanlar. Sherigim: “Oʻzimiz buyurtma bergan ovqat, pulini toʻladik, sizlarga daxli boʻlmagan narsaga nega aralashasizlar?!”, dedi. Xonimlardan biri bizga qattiq gʻazab bilan qarab turdi-da, telefon oldiga borib kimgadir sim qoqdi.
Koʻp oʻtmasdan, rasmiy kiyimda bir kishi kerib keldi. U oʻzini ”ijtimoiy taʼminot muassasa“sining zobiti deb tanishtirdi. Bizga 50 marka jarima soldi. Biz javob qaytarolmadik. Sherigim uzr soʻrab 50 marka toʻladi. Zobit samimiy ohangda: ”Ortib qolmasligiga koʻzlaring yetgan taomni buyurtma beringlar, pul oʻzlaringniki, lekin resurslar barchaniki. Dunyoda koʻplab odamlar resurs, oziq-ovqat taqchilligiga duch kelmoqda, sizlar esa isrof qilayapsizlar“, dedi.
Biz rosa xijolatda qoldik. Uning gaplari haq edi.
Biz shuni tafakkur qilishimiz kerak, bizning yurtlarda (arab davlatlarida) oʻzi resurs koʻp emas, shunday boʻlsa ham, birovni chaqirsak, odamlar nima deydi, deb, koʻp yeguliklar xarajat qilib yuboramiz. Natijada kimlardir zor boʻlayotgan koʻplab ovqatlar isrof boʻlib qolib ketadi. Bu biz uchun amal qilishimiz kerak boʻlgan dars boʻldi.
Sherigim oʻsha jinoyat qogʻozini suratga olib, har birimizga esdalik sifatida bittadan nusxa berdi. Biz uni hech qachon isrof qilmasligimizni eslatib tursin uchun, xonamiz devoriga osib qoʻydik!
”Pul oʻzingniki, lekin resurslar barchaniki!".
Bu hikmatni har qachon ovqatlanganimizda yoki gʻusl qilganimizda yoki elektr, gaz, suv va hakazolarni ishlatayotganimizda eslashimiz kerak. Resurslarning barchasi Allohning neʼmati. Agar biz uni isrof qilib yuborsak, oqibatda unga zor boʻlib qolishimiz tayin. Uni ato qilgan Robbimizga shukr qilib, uni tejab, keragicha ishlatsak, Robbimiz uni yana ham ziyoda qiladi.
Alloh taolo marhamat qilgan:
“Yeb-iching, (lekin) isrof qilmang! Chunki U zot isrof qiluvchilarni sevmas!”, (Aʼrof, 31).
Muhammad Yahyoxon Muhammadxon oʻgʻli
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
O‘G‘IRLIK TUFAYLI U BIR QATOR BAXTSIZLIKLARNI BOSHDAN KECHIRGAN
MOSKVA VILOYATIDAGI NOMAʼLUM AYOL BOLALAR BOG‘CHASIDAN BOLANI O‘G‘IRLAMOQCHI BO‘LDI
OILAVIY SHAROITIMDAN KELIB CHIQIB HISOBLASAK, KREDIT TO‘LASHGA IMKONIYATIMIZ BO‘LMAS EKAN
Sibirda global sovuq, lekin odamlar xursand...
Nurota tumanida dafn etilgan - Qozoq xalqi qahramoni Ayteke biy
Izohlar (0)