Inson oʻzgarsa, jamiyat oʻzgaradi

Navoiy viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi faollar zalida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning Navoiy viloyatidagi ishonchli vakili Ilhom Rajabov bilan viloyat va respublika OAV vakillari ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.
Unda ishonchli vakil “Yangi Oʻzbekiston – Yangi saylovlar” shiori ostida oʻtayotgan bu yilgi saylov yangi Saylov kodeksi asosida tashkil etilayotganligi, Prezidentlikka nomzodning Saylovoldi dasturidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Shuningdek, tadbirda tuman va shaharlarda nomzodning ishonchli vakili bilan oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasi ishlab chiqilib, uchrashuvlar nafaqat markazlarda, tashkilot va korxonalar, taʼlim muassasalarida, balki viloyatning eng chekka hududlari – qishloq va ovullari, paxta dalalarida oʻtkazilishi, dastlabki uchrashuv esa Navbahor tumanida boʻlib oʻtishi haqida maʼlumot berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

XDPdan prezidentlikka nomzod tayinlandi

Ayrim maktablar xususiy sektor boshqaruviga topshiriladi

Navoiyda oʻtkazilgan marafonda viloyat IIBning 500dan ortiq xodimlari faol qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi

Bugun – Navoiy viloyati tashkil etilgan kun

2024-yilgi prezidentlik saylovlarida Tramp qatnashmoqchi

MEHNATGA HAQ TO‘LASH BO‘YICHA QARZDORLIK ANIQLANDI
Izohlar (0)