Ayrim maktablar xususiy sektor boshqaruviga topshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi respublikamiz hududlaridagi navbatlilik koeffitsiyenti past boʻlgan umumtaʼlim muassasalarini ishonchli boshqaruvga berish munosabatlarini tartibga solish hamda tadbirkorlik subyektlarini yanada ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navbatlilik koeffitsiyenti past boʻlgan umumtaʼlim muassasalarini xususiy sektor vakillariga ishonchli boshqaruv asosida berish tartibini belgilash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini regulation.gov.uz saytida muhokama uchun eʼlon qildi.
Mazkur qaror loyihasi doirasida Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq navbatlilik koeffitsiyenti past umumtaʼlim muassasalarini ishonchli boshqaruv asosida xususiy sektor vakillariga berish bilan umumtaʼlim muassasalarning raqobatbardoshligini taʼminlash, taʼlim sifatini oshirish, natijadorlik koʻrsatkichlarini yuqori darajaga olib chiqish koʻzlangan.
Maʼlumot uchun: Navbatlilik koeffitsiyenti past umumtaʼlim muassasasi – binoning quvvatining oʻquvchilar soniga nisbatan koeffitsiyenti 0,7 dan past boʻlgan umumtaʼlim maktablari.
Ishonchli boshqaruv asosida xususiy sektor vakillariga berilgan umumtaʼlim muassasasida taʼlim olayotgan hamda unga biriktirilgan mikrohudud oʻquvchilariga bepul taʼlim berilishi taʼminlanadi.
Qaror loyihasi davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablarini ishonchli boshqaruv asosida xususiy sektor vakillariga berish hamda talabgorlardan kelib tushgan loyiha takliflari koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh tarkibini oʻz ichiga olgan boʻlib, muhokamalar davomida qaror loyihasiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Qaror loyihasi “Navbatlilik koeffitsiyenti past boʻlgan umumtaʼlim muassasalarini xususiy sektor vakillariga ishonchli boshqaruv asosida berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom hamda “Navbatlilik koeffitsiyenti past boʻlgan umumtaʼlim muassasalarini xususiy sektor vakillariga ishonchli boshqaruv asosida berishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlaridan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni oʻz ichiga olgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Endi ta’lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga maxsus ustamalar beriladi
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari e’lon qilindi
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslar 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Gʻozgʻon shahriga xalq taʼlimi bo‘limi mudiri tayinlandi
Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari ishdan olindi
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Izohlar (0)