Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha vazifalar belgilandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlarida davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi muhim oʻrin tutadi. Ana shu hamkorlikni oʻzida aks ettirgan holda hududlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish Kengashlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 24-sentyabr kuni Navoiy shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Navoiy viloyat kengashining taʼsis majlisi tashkil etildi.
Yigʻilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati, xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputatlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Navoiy viloyat kengashi aʼzolari tanishtirilib, ularning vazifa, huquq va majburiyatlari batafsil tushuntirildi.

Yigʻilishda milliy kengash aʼzolari tomonidan hududiy kengashning har bir aʼzosi masʼuliyatni his qilishi, oldiga qoʻyilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi lozimligini qayd etgan holda asosiy vazifalarga toʻxtalib oʻtildi. Jumladan,
- Navoiy viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar ish samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;
- Milliy kengashga qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi mahalliy davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini va maʼruzalarini eshitish;
- hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks oʻrganish kabi vazifalar shular jumlasidandir.

Yigʻilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha aniq va amaliy chora-tadbirlarni koʻrish lozimligi qayd etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ochiq roʻyxati yuritiladi

Onlayn uchrashuv

Andijonda 4 mlrd. so’mlik matolarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Jinoyatlar tahlil qilindi

Qonunchilikga taklif

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovini qayta e'lon qiladi
Izohlar (0)