Andijonda 4 mlrd. so’mlik matolarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va oʻz xavfsizlik boʻlimining tezkor maʼlumotlariga asosan, Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi hamda post xodimlari ishtirokida bojxona postiga viloyatda faoliyat koʻrsatuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijiy mamlakatdan olib kelingan matolar bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Tekshiruv davomida, bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida oʻtkazilgan bojxona koʻrigi natijasida umumiy qiymati 3 mlrd. 859 mln. soʻmlik matolar bojxona toʻlovlarini toʻlamaslik maqsadida hujjatlarda koʻrsatilmaganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)