Oʻzbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ochiq roʻyxati yuritiladi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri” yuritiladi. Bu haqda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasida keltirib oʻtilgan.
Loyihaga koʻra, reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanishi mumkin:
davlat xizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;
saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining koʻrsatilishi;
davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning aʼzoligiga kiritilishi;
ular tomonidan taʼsis etilgan va (yoki) ular ishtirokchisi hisoblangan tadbirkorlik subyektlari davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik bitimida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi, davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bogʻliq tender va tanlov savdolarida ishtirok etishi;

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)