Firibgarlik, pora berish va hujjatlarni qalbakilashtirish bo’yicha jinoiy ish ochildi
Tergov boʻlimi ish yurituvidagi Xudoyorova Zuxro Ramazonovnaga nisbatan JKning 168-moddasi bilan boʻlgan 124011/2021-95-sonli jinoyat ishini tergov qilish davomida aniqlanishicha Z.Xudoyorova 2017-yilning 5-iyul kunidan 2020-yilning 2-mart kuniga qadar Navoiy viloyati “Bandlik bosh boshqarmasi”ning “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash xamda ijro intizomi nazorati guruhi rahbari vazifasida” ishlab kelganligidan foydalanib, fuqarolarni aldash yoʻli bilan ularning pul mablagʻlarini qoʻlga kiritish maqsadida, puxta oʻylangan jinoiy reja tuzib, oʻzi tomonidan tuzilgan rejaga asosan, oʻzini goʻyoki “Qizilqumsement” AJda, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari borligini, shu tanishlari orqali fuqarolarni “Qizilqumsement” AJga ishga, xususan erkak fuqarolarni yuk mashinasi xaydovchisi, ayollarni esa sanitar va “Qizilqumsement” AJga qarashli oshxonaga ishga kirishlarida yordam berishi, xaqidagi yolgʻon gaplarni tanishlari orasida tarqatib, ularni ishga kirmoqchi boʻlgan tanishlari boʻlsa, unga xabar qilishlarini ma’lum qilib, fuqarolarni oʻzini ushbu yolgʻon gaplariga ishontirib, Z.R.Xudoyorovani yolgʻon gaplariga ishonib, “Qizilqumsement” AJga turmush oʻrtogʻini ishga kiritish istagini bildirgan, Raxmatova Shaxnoza Zoirovna orqali uning turmush oʻrtogʻi Raxmatov Shoqalandar Avvezovich xamda ukasi Yuldoshev Farrux Zoirovichlar soxta yoʻllanma bilan, tanishlari orqali “Qizilqumsement” AJga “Kara” yuk mashinasi xaydovchisi sifatida ishga kiritish uchun 2020-yilning 23-yanvar kuni yashash xonadoni Navoiy shaxar Tolstoy koʻchasi 39-uy oldida 4400 AQSH dollari, Xidirova Charosxon Muzafarovnani tanishlari orqali “Qizilqumsement” AJga qarashli “Obodonlashtirish boʻlimiga” sanitar sifatida ishga kiritish evaziga, 2020-yilning aprel oyida 1400 AQSH dollari, Xidirova Latofat Muzafarovnani tanishlari orqali “Qizilqumsement” AJga qarashli oshxonaga ishga kiritish uchun 2020-yilning aprel oyida yashash xonadoni, Navoiy shaxar, Tolstoy koʻchasi, 39-uy oldida 1200 AQSH dollari, Axmatov Alisher Roʻzimurod oʻgʻlini tanishlari orqali “Qizilqumsement” AJga “Kara” yuk mashinasi xaydovchisi sifatida soxta yoʻllanma orqali, ishga kiritish uchun 2020-yilning aprel oyida 25 mln soʻm, Saparov Zafar Inoyatovichni tanishlari orqali “Qizilqumsement” AJga “Kara” yuk mashinasi xaydovchisi sifatida ishga kiritish uchun 2020-yilning aprel oyida 25 mln soʻm, Oʻroqov Gʻayrat Niyozovich orqali oʻgʻli Niyozov Shaxzod Gʻayrat oʻgʻlini tanishlari orqali NKMKga qarashli, Zarafshon shaxar kon birlashmasiga yuk mashinasi xaydovchisi sifatida ishga kiritish uchun 2020-yilning avgust 20 mln 500 ming soʻm, Xoljonov Moʻminjon Bobonazar oʻgʻlini tanishlari orqali, “Qizilqumsement” AJga yuk mashinasi xaydovchisi sifatida ishga kiritish uchun 2020-yilning dekabr oyida Navoiy viloyati, Bandlik boshqarmasi, binosi oldida 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʻli bilan olib oʻzini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Shuningdek 2020-yilning 17-iyun kuni fuqarolar Jumayev Qodir Dilmurodovich va Jumayev Qobil Dilmurodovichlarni nomiga ularni “Qizilqumsemnt” AJga ishga kiritish uchun yoʻllanmani soxtalashtirib taxlagan.
Mazkur holatda fuqaro Xudoyorova Zuxro Ramazonovnani xarakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b,v” bandi 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a” bandida koʻrsatilgan jinoyat alomatlari boʻlganligi sababli mazkur xolatlar Tergov boʻlimi ish yurituvidagi 124011/2021-95-sonli jinoyat ishiga qoʻshilib tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Navoiy shahar IIB JQG tezkor vakili katta leytenant Zokirov Siroj
Mazkur holatda fuqaro Xudoyorova Zuxro Ramazonovnani xarakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b,v” bandi 28,211-moddasi 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a” bandida koʻrsatilgan jinoyat alomatlari boʻlganligi sababli mazkur xolatlar Tergov boʻlimi ish yurituvidagi 124011/2021-95-sonli jinoyat ishiga qoʻshilib tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Navoiy shahar IIB JQG tezkor vakili katta leytenant Zokirov Siroj
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Aviachipta firibgarlari
Yerni sotmoqchi bo’lgan firibgar ushlandi
Kredit firibgarlari
Mahkumni ozodlikka chiqarib bermoqchi boʻlgan firibgar ushlandi
Issiqxona qurish uchun ajratilgan yerni bir qismini sotmoqchi bo’lgan shaxs aniqlandi
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Izohlar (0)