Kredit firibgarlari
Xatirchi tumanida 414 mln soʻm kredit mablagʻini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman boʻlimi tomonidan ATB “Agro bank” Xatirchi filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi. Tekshiruv natijasiga koʻra, fuqaro S.Q. jiyani X.ning nomiga “Y.Ch.” MCHJni tashkil qilib, amalda jamiyatni oʻzi boshqargan. Goʻyoki tumanning chekka hududida doimiy ish bilan band boʻlmagan yoshlar va aholiga ish oʻrinlarini yaratish mazmunida bank filialidan 414 mln soʻm kredit ajratishga erishib, ushbu kredit mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan MCHJning rasmiy va norasmiy rahbarlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Orif Allanazarov,
Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot tarmog'i katta inspektori, 3-darajali yurist

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)